6-oktyabr kuni Urganch shahrida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Wildberries bilan hamkorlikda elektron tijoratni rivojlantirish hamda tashqi bozorlarga chiqish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazadi.

Ishtirokchilar marketpleysda ro‘yxatdan o‘tish, tovarlarni joylashtirish va dastlabki buyurtmalarni qabul qilish tartibi bilan tanishadilar. Shuningdek, ekspertlar yetkazib berishni mustaqil tashkil etish, reklama va targ‘ibot qilish, tovarlarning rentabelligini baholash hamda O‘zbekiston tadbirkorlarini qo‘llab-quvvatlash choralari haqida ma’lumot beradilar.

Seminar doirasida marketpleyslardagi amaldagi sotuvchilar bilan tajriba almashish ham ko‘zda tutilgan. Seminarda ishtirok etish uchun kichik va o‘rta biznes vakillari, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchilari, hunarmandlar, tarmoq birlashmalari hamda davlat tashkilotlari taklif etiladi.

Ishtirok etish bepul, joylar soni cheklangan. Tashrif buyurish uchun havola orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 97 360 78 98, +998 93 280 75 77.