5−7-oktyabr kunlari Toshkentda davlat idoralari, biznes, kiberxavfsizlik markazlari hamda texnologik yechimlar yetkazib beruvchilar vakillarini birlashtiruvchi Cyber Security Summit Central Eurasia 2026 (CSS 2026) xalqaro sammiti bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning asosiy dasturi 6−7-oktyabr kunlariga rejalashtirilgan. Ishtirokchilar raqamlashtirish bilan bog‘liq xavf-xatarlar, kiberxavfsizlikda sun’iy intellektni qo‘llash, o‘ta muhim aktivlarni himoya qilish va IT-infratuzilma barqarorligini ta’minlash yondashuvlarini muhokama qiladilar. Shuningdek, amaliy mahorat darslari, panel munozaralari va texnologik yechimlar ko‘rgazmasi ham bo‘lib o‘tadi.
E’lon qilingan spikerlar orasida O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, Kiberxavfsizlik markazi direktori Olimjon Mirzayev, Markaziy bank, Cloudflare, Huawei, Thales, Cisco va boshqa tashkilotlar vakillari bor.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.