12-noyabr kuni Toshkentda Xitoyning Xaynan provinsiyasi ishbilarmon doiralari vakillari bilan B2B uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Xitoyning 12 ta kompaniyasi va tashkiloti vakillari ishtirok etadi.
Uchrashuv savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish hamda ikki mamlakat tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yishga bag‘ishlanadi.
Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari:
- qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati;
- quyosh energetikasi va yashil texnologiyalar;
- sanoat uskunalari va robototexnika;
- tibbiyot va raqamli texnologiyalar;
- qadoqlash materiallari va to‘qimachilik sanoati;
- logistika, investitsiyalar va xalqaro savdo.
Ishtirokchilar Xitoy kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish, qo‘shma korxonalar tashkil etish, ishlab chiqarish loyihalarini yo‘lga qo‘yish hamda uzoq muddatli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Unda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Qo‘shimcha ma’lumotni +998 50 767 31 53 telefon raqami orqali olish mumkin.