10-noyabrdan 12-noyabrgacha Toshkentda Iteca Exhibitions kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan E-Tech Expo 2026 beshinchi yubiley xalqaro elektronika, elektrotexnika va innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ekspozitsiyaning asosiy yo‘nalishlari:

  • elektrotexnika uskunalari va elektronika;
  • sanoatni avtomatlashtirish va robototexnika;
  • boshqaruv hamda nazorat tizimlari;
  • raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalar.

Ishtirokchilar o‘z mahsulotlarini taqdim etish, zamonaviy texnologik ishlanmalar bilan tanishish, bo‘lajak buyurtmachilar bilan aloqa o‘rnatish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ko‘rgazma doirasida soha vakillari o‘rtasida tajriba almashish va sheriklik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan ishbilarmonlik dasturi ham ko‘zda tutilgan.

Ko‘rgazmaning ish tartibi:

  • 10-noyabr — soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 11-noyabr — soat 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 12-noyabr — soat 10:00 dan 16:00 gacha.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun E-Tech Expo saytidagi ro‘yxatdan o‘tish bo‘limidan foydalanishingiz mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 205 18 18 telefon raqami orqali olish mumkin.