10−12-noyabr kunlari Toshkentda Iteca Exhibitions kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan 17-xalqaro Kompleks xavfsizlik — Securex Uzbekistan 2026 ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Ko‘rgazmada kompleks xavfsizlik va yong‘indan himoya qilish sohasidagi zamonaviy texnik vositalar hamda yechimlar namoyish etiladi.

Tashrif buyuruvchilar yangi ishlanmalar bilan tanishish, obyektlar xavfsizligini ta’minlash masalalarini muhokama qilish va soha vakillari bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, tajriba almashish va xavfsizlik sohasini rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilishga mo‘ljallangan ishbilarmonlik dasturi ham ko‘zda tutilgan.

Ko‘rgazmaning ish vaqti:

  • 10-noyabr — 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 11-noyabr — 10:00 dan 17:00 gacha;
  • 12-noyabr — 10:00 dan 16:00 gacha.

Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 205 18 18 telefon raqami orqali olish mumkin.