Kecha, 19:03 Energetika

Toshkentda gaz bosimi pasaydi, ta’minot yaqin 2−3 soatda me’yorga keltiriladi

Energetika vazirligi bosimni tiklash choralari ko‘rilgani va gaz taqsimlash tarmoqlarida bosim bosqichma-bosqich ko‘tarilishini ma’lum qildi.
Kecha, 16:49 Iqtisodiyot

Tashmachilik va IMEI sxemalari: nega O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmat?

Bojxona qo‘mitasi vakili Farhod Olimjonov telefonlarni noqonuniy olib kirish va IMEI-kodlarni qalbakilashtirish iPhone narxlarining pasayishiga to‘sqinlik qilayotganini qayd etdi.
Kecha, 14:25 Iqtisodiyot

“So‘mga ishonchni oshirish orqali dollarizatsiyani kamaytiramiz” — Timur Ishmetov

Markaziy bank raisi aholi depozitlari va kreditlarini milliy valyutaga o‘tkazish orqali dollarlashuv darajasi va valyuta xatarlarini kamaytirish ko‘zda tutilganini bildirdi.
Kecha, 12:37 Qonunchilik

Dorilarni retseptsiz beriladigan toifaga kiritish tartibi yangilandi

Endi dori vositalarini retseptsiz beriladigan toifaga kiritishda ularni shifokor nazoratisiz xavfsiz qo‘llash imkoniyati, noto‘g‘ri foydalanish xavfi va boshqa mezonlar baholanadi.
Kecha, 12:21 Energetika

Qishda gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy obyektlarga yetkazib beriladi — hukumat qarori

1-oktabrdan 2027-yil 31-martgacha gaz resurslari birinchi navbatda uylar, maktablar, bog‘chalar va shifoxonalarga yo‘naltiriladi. Havo harorati keskin pasayganda boshqa toifadagi iste’molchilarga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishi mumkin.
Kecha, 09:00 Biznes

FAW maxsus texnikalari biznes uchun keng imkoniyatlar va ishonchli investitsiyalar taklif qiladi

BEZON — FAW’ning O‘zbekistondagi rasmiy dileri — qurilish, kommunal xizmatlar, yo‘l xo‘jaligi va sanoat sohalari uchun maxsus texnikalarni 30% boshlang‘ich to‘lov hamda 12 oydan 60 oygacha muddatli to‘lov asosida xarid qilishni taklif etadi.
Kecha, 01:08 Iqtisodiyot

“Har bir so‘m o‘z o‘rnida ishlatilishi kerak”: Saida Mirziyoyeva — budjet xarajatlari haqida

Prezident Administratsiyasi rahbari kelgusi yilda davlat budjeti xarajatlari ustidan raqamli nazorat va ochiqlik kuchaytirilishini ma’lum qildi.
Kecha, 00:27 Iqtisodiyot

O‘zbekiston 2027-yilda $65 mlrd xorijiy investitsiya jalb qilishni rejalashtirmoqda

Yangi sanoat siyosati doirasida kimyo, mashinasozlik, elektrotexnika va boshqa istiqbolli tarmoqlarga yirik investorlar jalb qilinadi.
Kecha, 00:10 Iqtisodiyot

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2027-yilda 7% ga o‘sishi prognoz qilinmoqda

Kelgusi yilda YIMni $232 mlrdga yetkazish, oltinsiz eksportni qariyb $40 mlrdga oshirish rejalashtirilgan. Davlat budjeti xarajatlari esa 464 trln so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
13 noyabr 2026, 19:19 Moliya

Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat

Jami 24 ta bank valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari shoxobchalarini ishga tushiradi.
13 noyabr 2026, 19:00 Ta'lim

Tasnif kreativ agentligi asoschisi Lazizbek Hamidov tavsiya qilgan 5 ta kitob

Lazizbek Hamidov ishdagi muammolarni hal qilishda yordam bergan beshta kitobni tavsiya qilib, ushbu asarlar kompaniyani boshqarish, taqdimotlar tayyorlash va qaror qabul qilishga yondashuvini qanday o‘zgartirgani haqida so‘zlab berdi.
13 noyabr 2026, 18:59 Iqtisodiyot

ILMA O‘zbekistonda savdo qilish mumkin bo‘lgan xorijiy qimmatli qog‘ozlar ro‘yxatini tuzadi

Muomaladagi aktivlar hajmi agentlik tomonidan Markaziy bank bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
13 noyabr 2026, 18:55 Biznes

Xalqaro arbitraj turkiyalik investorlarning O‘zbekistonga qarshi da’volarini rad etdi

Nizo oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona bilan bog‘liq bo‘lgan. Investitsiyaviy arbitraj ishi 2021-yilda boshlanib, qariyb besh yil davom etdi.
13 noyabr 2026, 18:38 Moliya

Dollar kursi yana ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 40,93 so‘mga oshib, 12 014,37 so‘mni tashkil etdi.
13 noyabr 2026, 17:25 Iqtisodiyot

Malakali investor maqomini kimlar va qanday olishi mumkin?

Jismoniy shaxslar fond bozori bo‘yicha test topshiradi, ayrim mijozlar esa bundan ozod etilishi mumkin.
13 noyabr 2026, 17:00 Biznes

AI infratuzilma sohasida yil yakunlari: Servercore “IT palov” nomli flagman tadbir o‘tkazadi

24-noyabr kuni Toshkentda Servercore AI infratuzilma sohasida yil yakunlariga bag‘ishlangan flagman IT tadbirini o‘tkazadi. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo biznesida SIni joriy etish, bulutli GPU’larning yangi turlari, infratuzilma barqarorligi va ovozli AI’dan amaliyotda foydalanish masalalarini muhokama qiladi.
13 noyabr 2026, 16:43 Biznes

Afg‘oniston O‘zbekiston bozoriga kartoshka yetkazib berishni boshladi

Kartoshka yetishtirish bo‘yicha pilot loyiha Bomiyon viloyatidagi 17 gektar maydonni qamrab oldi va har gektardan 45 tonnagacha hosil olish imkonini berdi.
13 noyabr 2026, 16:11 Iqtisodiyot

Endi O‘zbekistonda xorijiy qimmatli qog‘ozlar bilan faqat malakali investorlar savdo qila oladi

Muomalaga yirik xorijiy maydonchalar aktivlari asosidagi vositalar kiritilishiga ruxsat beriladi.
13 noyabr 2026, 15:25 Iqtisodiyot

Statistika qo‘mitasi narxlar bo‘yicha ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

Platformada eng ko‘p qimmatlashgan va arzonlashgan mahsulotlar hamda hududlar o‘rtasidagi narx farqi ko‘rsatiladi.
13 noyabr 2026, 15:18 Iqtisodiyot

O‘zbekistonliklar Shvetsiyada qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarida ishlashi mumkin

Stokgolm forumida o‘zbekistonliklarni Shvetsiyada qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, qurilish va muhandislik sohalariga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
13 noyabr 2026, 14:41 Biznes

Tesla va SpaceX dekabr oyida birlashishini e’lon qilishi mumkin — Bloomberg

Kompaniyalar direktorlar kengashlari birlashish shartlari va birlashgan kompaniyaning boshqaruv tuzilmasini kelishib olmoqda.
13 noyabr 2026, 14:18 Iqtisodiyot 1

O‘zbekistonning 2025-yildagi YIM hajmi qayta hisob-kitoblardan so‘ng $169 mlrdga yetdi

YIMning yangilangan va avvalgi bahosi o‘rtasidagi farq 277,1 trln so‘m yoki 15% ni tashkil etdi.
13 noyabr 2026, 12:36 Iqtisodiyot

Bir kunda noqonuniy saqlangan 250 ga yaqin gaz balloni aniqlandi — DXX

Ulardagi 1 160 kg suyultirilgan gaz 58 ta xonadonning bir oylik ehtiyojiga yetardi. Qoidabuzarlar orasida gaz ta’minoti tizimi xodimlari ham bor.
13 noyabr 2026, 11:56 Energetika

O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish ikki kunda 16,9 mln kVt·soatga oshdi

12-noyabr kuni 266,1 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Bu 10-noyabrga nisbatan 6,8% ga, 11-noyabrga nisbatan 3,7% ga ko‘p.
13 noyabr 2026, 11:53 Iqtisodiyot

“Eng arzon stavkalar bizda” — Bojxona qo‘mitasi telefonlar uchun bojlar qimmatligi haqida

Telefonlar uchun boj stavkasi 5%, QQS esa 12% ni tashkil qiladi. Dunyoda bu ko‘rsatkichlar o‘rtacha 10−15% va 18−20% ekani aytildi.
13 noyabr 2026, 11:39 Moliya

Markaziy bank banklarga noqonuniy undirilgan foiz va jarimalarni bekor qilishni topshirdi

Sud qarori chiqarilgan kreditlar bo‘yicha qarorda belgilangan summaga foiz, jarima (neustoyka) va penya qo‘shish mumkin emas.
13 noyabr 2026, 10:56 Transport

24-dekabrdan Toshkentda avtomobillarni evakuatsiya qilish tartibi o‘zgaradi

Avtomobilni evakuatorga yuklashdan tortib, egasiga qaytarishgacha bo‘lgan jarayonlar yagona elektron tizim orqali bajariladi.
13 noyabr 2026, 10:10 Iqtisodiyot

Madaniyat va san’at sohasi vakillariga ipoteka subsidiyasi ajratiladi

U birlamchi uy-joy bozoridan talabgorning asosiy ish joyi joylashgan hududda qurilgan kvartirani sotib olishga yo‘naltiriladi.
13 noyabr 2026, 09:00 Biznes

“11.11"ning ilk kunida Uzum Market va Uzum Tezkorda 1 mln dan ortiq mahsulot buyurtma qilindi

O‘zbekistonliklar bir sutka ichida Uzum Market va Uzum Tezkor orqali jami 1 milliondan ortiq mahsulotga buyurtma berdi, buyurtmalar esa mamlakatning 847 ta aholi punktidan kelib tushdi.
12 noyabr 2026, 21:00 Biznes

Yangi Buxoro aeroportini qurish bo‘yicha tender g‘olibi aniqlandi

G‘olib Turkiya va Qatar kompaniyalari konsorsiumi bo‘ldi. U yangi yo‘lovchi terminali, vokzaloldi maydoni va avtoturargohni qurib, boshqaradi. DXSH bitimi 23 yilga tuzilishi rejalashtirilgan.
12 noyabr 2026, 20:21 Iqtisodiyot

Buxoro NQIZda $1,8 mlrdlik loyiha asosida neft mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6 mln tonnaga yetkaziladi

2029-yilning ikkinchi choragida qiymati $328 mln bo‘lgan loyiha doirasida AI-92 va AI-95 rusumli benzin ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
12 noyabr 2026, 19:44 Iqtisodiyot

O‘zbekiston Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan chegarada One Stop tizimini joriy qilmoqchi

Tomonlar ayrim chegara bojxona postlarida yagona nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Biroq hozircha yakuniy qaror mavjud emas.
12 noyabr 2026, 19:32 Energetika

O‘zbekistonda bir kunda 256,5 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi

11-noyabr kuni elektr energiyasi ishlab chiqarish yillik hisobda 0,9% ga oshib, o‘sish asosan shamol va gidroelektr stansiyalari hisobiga ta’minlandi.
12 noyabr 2026, 18:37 Transport

O‘zbekistonda Onix ishlab chiqarish 20% ga, Cobalt esa 4% ga oshdi

BYD avgust oyida, Kia va Chery esa sentabr oyida avtomobil ishlab chiqarishni keskin oshirdi.
12 noyabr 2026, 18:12 IT

Samsung surilib kengayadigan ekranli smartfon yaratmoqda — OAV

Bu orqali ekran nisbati 16:9 dan 21:9 gacha o‘zgarishi mumkin. Smartfon 2028-yilda chiqishi taxmin qilinmoqda.
12 noyabr 2026, 18:05 Iqtisodiyot

Yaylovlardan o‘t o‘rish pulli bo‘lishi haqidagi xabarlar asossiz — Qonunchilik palatasi

Qonun loyihasi aholi uchun qo‘shimcha xarajatlarni emas, balki jamoat yaylovlarini tashkil etish va ulardan bepul foydalanish imkoniyatini nazarda tutadi.
12 noyabr 2026, 18:01 Iqtisodiyot

“Bojxonada IMEI soxtaligini aniqlash imkoniyati deyarli yo‘q” — Bojxona qo‘mitasi

Boshqarma boshlig‘i Farhod Olimjonovaytishicha, telefon IMEI raqamini aniqlash bojxona zimmasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklatilmagan va buning uchun maxsus bilim kerak.
12 noyabr 2026, 17:39 Moliya

Dollar kursi ko‘tarildi

Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 9,17 so‘mga oshib, 11 973,44 so‘mni tashkil etdi.
12 noyabr 2026, 15:45 Iqtisodiyot

Yangi Toshkentda alohida hokimlik tashkil etiladi

Shahar hokimligi dastlab 14 shtat birligidan iborat bo‘ladi. Uning faoliyati respublika budjetidan moliyalashtiriladi.
12 noyabr 2026, 14:49 Ko‘chmas mulk

Yakkasaroyda uy tomidagi o‘zboshimcha terrasani buzish paytida yuqori qavatlarni suv bosdi — Qurilish inspeksiyasi

Terrasa buzib bo‘lingan, quruvchilar tomni yopishga kirishdi. Bino hali rasman foydalanishga topshirilmagan.
Yangiliklarni o‘tkazib yubormang!
Spotda ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting