Reuters ahborot agentligining Jahon bankining ijrochi direktori so‘zlaridan habar berishi bo‘yicha, Tojikiston Rogun GESi qurilishini moliyalashtirish uchun Jahon bankidan pul olmaslikga qaror qildi.

O‘tgan yili Tojikiston narxi 3,9 milliardlik megaproyekt uchun pul yig‘ish niyatida 500 mln dollarlik debyut yevrobondlar bosib chiqardi, ammo keyingi moliyalashtirish manbalari noaniq qolmoqda.

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyodagi vitse-prezidenti Siril Myuller Dushanbedagi suv resurslarini boshqarish bo‘yicha konferensiyasida bergan intervyusida Rogun GESi qurilishi o‘rniga bank boshqa bir katta gidroelektrostansiyani modernizatsiyasiga e’tiborini qaratishini aytib o‘tdi:

«Rogun GESini moliyalashtirmasligimizning sababi shundaki, hukumatning Rogun bilan ishlash to‘g‘risida bir nechta variantlari bor edi va ular bu jarayonni tezlashtirishmoqchi edilar, shundan kelib chiqib Jahon banki energetika sektoridagi boshqa loyihalarni moliyalashtirishda foydaliroq deb hisoblandi», — deydi u.

Habar berilishicha, hukumat va tashkilot Nurek elektrostansiyasining rekonstruksiyalash ishlarini moliyalashtirishda hamkorlik qilishadi:

«Va joriy bosqichda bu bizning energetika sohasiga kiritgan asosiy hissamiz bo‘ladi», — deb aytdi Myuller.

Ahborot manbasi keltirib o‘tishicha, Tojikiston qurilishni moliyalashtirish maqsadida yana obligatsiyalar bosib chiqarmoqchi, bu esa Jahon bankining vakili so‘zlaridan so‘ng moliya topishning eng ehtimoli katta choralaridan biri.

Shu o‘rinda Myuller Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlar yaxshilanishi elektroenergiyasining eksporti uchun qulay sharoit yaratishini takidlab o‘tdi.

Rogun GESi — Tojikistondagi Vaxsh daryosida qurilayotgan gidroelektrostansiya bo‘lib, Vaxsh kaskadining bir qismi va uning eng quya bosqichidir. O‘zbekiston bir necha bor Rogun Gesining qurilishi butun Markaziy Osiyo hududiga ulkan miqyosdagi xavf tug‘dirishi haqida fikr bildirgan edi.