O‘zbekistonda 1-iyundan nimalar o‘zgaradi?
Spot iyun oyidan boshlab kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
FCB xalqaro ijodiy agentligining boshqaruvchi hamkori Shoxrux Nizamutdinov tavsiya qilgan 5 ta kitob
U Spotga ish uslubi va fikrlash tarziga katta ta’sir ko‘rsatgan hamda muntazam qayta o‘qib turadigan kitoblar haqida gapirib berdi.
Banklar taqdim qilayotgan quyosh panellari uchun kreditlar
Mazkur kreditni 15 ta bank orqali 3 yildan 5 yilgacha muddatga olish mumkin bo‘lib, uning yillik foiz stavkasi 20%ni tashkil etadi.
To‘siqlarsiz savdo va mehnat migratsiyasi: O‘zbekiston YOII bilan hamkorlikda qanday yo‘nalishlarni ilgari surmoqda?
Shavkat Mirziyoyev sanoat kooperatsiyasi va “yashil” transformatsiya dasturlarini yaratishga chaqirdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy etilmoqda
Arizalarni Soliq qo‘mitasi ko‘rib chiqadi. Maxsus soliq rejimining eng ko‘p muddati esa 5 yilni tashkil etadi. - Qirg‘izistonda Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ish boshladi
Shuningdek, joriy yilda kompaniya O‘zbekiston va Turkmanistonda o‘z xizmatlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. - O‘zbekistonda 1-iyundan ko‘mir narxlarini davlat tomonidan belgilash amaliyoti bekor qilinadi
Bunda ko‘mir narxi talab va taklif asosida shakllanadi, iste‘molchilarga birja savdolari orqali sotiladi. - O‘zbekistonda UzNEX kriptobirjasining litsenziyasi qaytarib olindi
ILMA Kobea Group murojaati asosida qaror qabul qildi. Mablag‘larni qaytarish uchun alohida elektron pochta ochilgan. - Centrum Air Raqobat qo‘mitasi so‘rovidan so‘ng reyslar kechikishi va chipta holatlariga izoh berdi
Kompaniya samolyot sig‘imidan ortiqcha chipta sotmasligini, yaqinda yuz bergan hodisani esa fors-major holati tufayli havo kemasi almashtirilgani bilan izohladi. - 1-iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogolni naqd pulga sotishga ruxsat beriladi
Umumiy ovqatlanish uchun ayrim turdagi xodimlarni yollash soddalashtiriladi, soliq tekshiruvlari va audit o‘tkazish cheklanadi. - Xitoy kompaniyasi Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini qurish bo‘yicha $2,18 mlrdlik tenderda g‘olib chiqdi
Loyihani moliyalashtirishga Xitoy banklari va zarur hollarda O‘zbekiston Milliy banki jalb qilinishi mumkin. Qurilishni shu yilning iyul oyida boshlash topshirildi. - Umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun soddalashtirilgan soliq tartibi joriy etiladi
QQS stavkasi 6% gacha pasayadi, biroq tovar va xizmatlarni xarid qilishda soliqni hisobga o‘tkazish bekor qilinadi. - O‘zbekiston Hindiston bilan JST bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
Tomonlar 2024-yilda erishilgan kelishuvlar asosida muzokaralarni rasman yakunladi. Bayonnoma JST kotibiyatiga taqdim etiladi. - O‘zbekistonda elektr va gaz uchun oldindan to‘lov qilinganda eski tariflar ikki oy saqlanib qoladi
1-iyundan elektr energiyasi va gaz tariflari oshiriladi. Fuqarolar avgustgacha, biznes esa iyulgacha eski tariflar bo‘yicha to‘lov qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



