O‘zbekistonda avtomobillari narxi o‘zgargani yo‘q. Bu haqda «O‘zavtosanoat» matbuot xizmati xabar berdi.

«30 iyul kuni Xalqaro press-klubda muhokama qilingan avtomobil narxlari masalasi hozirda mutassadi tashkilotlar va mutaxassislar bilan hamkorlikda har tomonlama, narx oshishining ijobiy va salbiy tomonlarini inobatga olgan holda o‘rganib chiqilmoqda», — deb aytilgan.

Kompaniyaning xabar berishicha, ijtimoiy tarmoqlarda avtomobil narxlari bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlar va avtomobillar narxi bo‘yicha prays-list ishonchli emas.