Mart oyida uy-joy bo‘yicha 23,3 mingta bitim rasmiylashtirildi. Bu o‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan 4,7% ga kam. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida qayd etilgan.

Yil boshidan buyon uy-joy oldi-sotdi bitimlari hajmi 125 mingtadan oshdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 34,8%ga ko‘p.

Hududlar kesimida savdolar o‘sishining eng yuqori sur’atlari Sirdaryo viloyatida qayd etildi. Joriy yilning yanvar-aprel oylarida hududda bitimlar soni 50% ga oshdi.

Andijon viloyatida o‘sish 42%ni tashkil etdi. Toshkent shahrida esa yil boshidan buyon uy-joy savdosi 46%ga ko‘paydi.

aprel, ijara, itim, ko'chmas mulk, savdo, tahlil, uy-joy

Uy-joy bozoridagi faollik qurilish hajmining oshishi bilan ham bog‘liq. 2025-yil yakunlariga ko‘ra, 15,9 mln kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 2,8% yuqori.

Shu bilan birga, hududlar o‘rtasida uy-joy qurilishi hajmi bo‘yicha farq saqlanib qolmoqda. Xususan, 2025-yilda Sirdaryo viloyatida 136,1 ming kv.m uy-joy foydalanishga topshirilgan bo‘lsa, Andijon viloyatida bu ko‘rsatkich 1,33 mln kv.mni, Toshkent shahrida esa qariyb 1 mln kv.mni tashkil etdi.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, eng yuqori qurilish hajmi Toshkent viloyatida kuzatildi. Bu yerda foydalanishga topshirilgan uy-joylar maydoni qariyb 2 mln kvadrat metrga yetdi.

Sirdaryo viloyatida uy-joy savdosining oshishiga qurilish hajmining ko‘payishi ham ta’sir qilmoqda. Yil oxiriga qadar hududda 3,5 mingta yangi xonadon foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

Umuman olganda, joriy yilda O‘zbekiston bo‘yicha 140 mingta yangi turar joyni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Mamlakatda kkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘rtacha 8,5% ga oshdi.

Narxlar o‘sishining eng yuqori sur’atlari Sirdaryo viloyatida 20%, Surxondaryo viloyatida 16,5% va Buxoro viloyatida 16,3%ni tashkil etdi.

aprel, ijara, itim, ko'chmas mulk, savdo, tahlil, uy-joy

Joriy yil boshidan buyon ham ijobiy dinamika saqlanib qolmoqda. Yanvar-aprel oylarida respublika bo‘yicha ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar o‘rtacha 2,9%ga o‘sdi. Eng yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo viloyatida 7,4%, Samarqand viloyatida 6,3% va Xorazm viloyatida 6,2% darajasida qayd etildi.

Hududlar kesimida narxlar darajasidagi farq saqlanib qolmoqda. Eng qimmat bozor Toshkent shahri bo‘lib, aprel oyida ikkilamchi uy-joyning o‘rtacha qiymati bir kvadrat metr uchun taxminan $1150 ni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati qariyb $900 va Toshkent viloyati $690 bilan qayd etildi.

Toshkentda uy-joy bozori

Poytaxtda ikkilamchi uy-joy narxlari mo‘tadil o‘smoqda. Birlamchi bozorda esa o‘sish sur’ati nisbatan yuqori. Yillik hisobda ikkilamchi uy-joy bozorida bir kvadrat metrning o‘rtacha qiymati 6,1%ga oshdi.

Narxlar o‘sishining eng yuqori sur’atlari Mirzo Ulug‘bek tumanida 9,2%, Mirabod tumanida 9% va Chilonzor tumanida 8,3%ni tashkil etdi.

Birlamchi uy-joy segmentida narxlar o‘sishi ikkilamchi bozorga nisbatan yuqoriroq bo‘lmoqda. O‘tgan yilning aprel oyiga nisbatan bir kvadrat metrning o‘rtacha qiymati 8,8%ga oshdi.

Eng yuqori o‘sish sur’atlari Yunusobod tumanida 17,3%, Mirzo Ulug‘bek tumanida 16,8% va Bektemir tumanida 11,3% darajasida qayd etildi.

Toshkentda ijara narxlari

Aprel oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasining o‘rtacha qiymati bir kvadrat metr uchun taxminan $9,2 ni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,1% yuqoridir.

Ijara narxlarining eng yuqori darajasi Toshkentning markaziy tumanlarida saqlanib qolmoqda. Xususan, Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi bir kvadrat metr uchun o‘rtacha $11 atrofida shakllangan.

aprel, ijara, itim, ko'chmas mulk, savdo, tahlil, uy-joy

Shu bilan birga, yillik hisobda ijara narxlarining eng yuqori o‘sish sur’atlari Yashnobod tumanida 18,2%, Bektemir tumanida 16,7% va Yunusobod tumanida 14,3% darajasida qayd etildi.

Shu tariqa, Toshkent shahrida ijara bozori uy-joy sotuv bozoriga nisbatan tezroq o‘sishda davom etmoqda. Bir yil davomida o‘rtacha ijara narxlari 9,1% ga oshgan bo‘lsa, uy-joy narxlarining umumiy indeksi 7,6% ga o‘sdi.