So‘nggi yillarda O‘zbekiston avtomobil bozori sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirdi. Bozor o‘sishi bilan birga foydalanuvchilarning kutishlari ham o‘zgardi: raqamli servislar faol rivojlana boshladi, avtomobilga egalik qilish esa asta-sekin yanada qulay va texnologik formatga o‘tmoqda.

Agar avvallari ko‘pchilik uchun asosiy vazifa avtomobil xaridining o‘zi bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda kundalik foydalanishdagi qulaylik va servislar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda — hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib sug‘urta xizmatlarini to‘lashgacha.

O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan avtomobillar soni:

  • 2021 — 236 ming;
  • 2022 — 312 ming;
  • 2023 — 391 ming;
  • 2024 — 424 ming;
  • 2025 — 457 ming.

Manba — O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi.

Ko‘p yillar davomida Chevrolet Nexia, Lacetti, Cobalt, Damas va Spark kabi ommaviy segment modellari mashhur avtomobillar bo‘lib qolib, shaharlardagi odatiy transport oqimini shakllantirib kelgan.

Bozor o‘sishi bilan bir qatorda foydalanuvchi ssenariylari ham asta-sekin o‘zgara boshladi. Avtomobilga egalik bilan bog‘liq ko‘plab jarayonlar raqamli formatga o‘tdi: sug‘urta rasmiylashtirish, hujjatlarni nazorat qilish va turli servislar bilan ishlash.

Bozor o‘sishi va yangi foydalanuvchi ssenariylari

COVID-19 pandemiyasidan keyin bozor asta-sekin tiklana boshladi, foydalanuvchilar esa muqobil variantlarni faolroq o‘rganib, takliflarni taqqoslashga va nafaqat avtomobil narxiga, balki undan foydalanish qulayligiga ham e’tibor qaratishga o‘tdi.

Sezilarli o‘zgarishlardan biri elektromobillar segmentining o‘sishi bo‘ldi. Infratuzilma va bozor sharoitlarining rivojlanishi ushbu yo‘nalishning kengayishiga hamda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishiga yordam berdi.

Elektromobillar qisqa vaqt ichida tor segment mahsulotidan ommaviy yo‘nalishga aylandi:

Milliy statistikaqo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil 1-oktabr holatiga O‘zbekistonda 86,1 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan qariyb 65 mingtasi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keladi.

Bozor brendlar, texnologiyalar va narx segmentlari bo‘yicha yanada xilma-xil bo‘lib bormoqda. Xalqaro ishlab chiqaruvchilarning ishtiroki kuchaydi, ayrim kompaniyalar esa ishlab chiqarishni mamlakat ichida mahalliylashtirishni boshladi.

Avtomobil egaligining raqamlashtirilishi

Bozor rivojlanishi bilan foydalanuvchilarning avtomobilga bo‘lgan yondashuvi ham o‘zgardi. Avtomobil endi shunchaki xarid emas — u kundalik raqamli tajribaning bir qismiga aylanmoqda.

Bugungi kunda foydalanuvchilar asosiy servislar tez va yagona interfeysda mavjud bo‘lishini kutmoqda: avtomobil haqidagi ma’lumotlarni tekshirishdan tortib xizmatlar uchun to‘lov va hujjatlarni rasmiylashtirishgacha.

Click Avto

Ushbu o‘zgarishlar fonida avtomobil egalari uchun asosiy ssenariylarni yagona raqamli makonda birlashtiruvchi servislar paydo bo‘lmoqda.

Click Avto — Click SuperApp ichidagi bo‘lim bo‘lib, avtomobil bilan bog‘liq kundalik vazifalarni hal qilishga yordam beradi:

  • ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari bilan ishlash;
  • sug‘urta mahsulotlarini rasmiylashtirish va uzaytirish;
  • hujjatlarning amal qilish muddatini kuzatish;
  • ichki avtobozordan foydalanish.

Alohida yo‘nalish sifatida ilova ichidagi raqamliavtobozor rivojlantirilmoqda. Foydalanuvchilar ilovaning o‘zida yangi va foydalanilgan avtomobillar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishi, taqqoslashi va mos variantni tanlashi mumkin.

Natijada ilgari ko‘p vaqt va alohida tashriflarni talab qilgan jarayonlar asta-sekin yagona raqamli formatga o‘tmoqda.

Xulosa

Bugungi kunda O‘zbekiston avtomobil bozori nafaqat avtomobillar sonining oshishi yoki yangi brendlarning kirib kelishi orqali rivojlanmoqda. Tobora katta ahamiyatni foydalanuvchi tajribasi — qulaylik, tezlik va avtomobil atrofidagi servislarning ommabopligi egallamoqda.

Shu sababli raqamli yechimlar zamonaviy avtomobil infratuzilmasining muhim qismiga, avtomobil esa kundalik hayotning yagona raqamli ekotizimining bir qismiga aylanmoqda.

Ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.