Microsoft kompaniyasi Windows 10 uchun minglab kalit so‘zlarni yodda saqlaydigan funsiyani taqdim etdi.

Bugungi kunda akkauntga kirish uchun login va kalit so‘zlarni eslab qolish kerak. Xavfsizlik bo‘yicha espertlar biror bir resursga kirish uchun bir xil login va parollarni ishlatmaslikni maslaxat beradilar, chunki barchasini bittada buzish mumkin.

Inson bir vaqtning o‘zida turli kalit so‘zlarni eslab qola olmaydi. Endilikda biror bir saytga kirishdan oldin kalit so‘z o‘rniga yuz, barmoq izlari skaneri yoki PIN-kodva maxsus USB-kalitni qo‘llash mumkin bo‘ladi.

Microsoft kompaniyasi xabar berishicha, Edge veb-brauzeridagi shaxsni tekshirishning yangi usuli orqali Windows 10 foydalanuvchilari yiliga 2 dan 5 soatgacha vaqt tejaydilar.

Web Authentication protokolini qo‘llab-quvvatlash endi faqat Microsoft Edge veb-brauzerida mavjud bo‘lib, u Windows 10-qurilish 17723 operatsion tizimining bir qismi hisoblanadi.

Barcha foydalanuvchilar 2018 yilning kuz faslida yuklab olish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.