2018 yilda banklar tomonidan naqd pulsiz hisob-kitoblarni rivojlantirish borasida mobil-ilova to‘lov dasturlari ѐrdamida QR code va NFC kabi zamonaviy texnologiyalar asosida kontaktsiz to‘lovlarni amalga oshirish va qabul qilish imkoniyatini yaratish ko‘zda tutilgan.
Ushbu imkoniyatlardan bozorlarda, sayѐr yarmarka va ayniqsa, transportda foydalanilishi aholi uchun qulay hisoblanadi. Hozirgi kunda mobil telefonlar orqali to‘lovlarni amalga oshirish tizimlaridan keng foydalanilmoqda.
Tizimlar orqali, asosan, mobil operatorlar, internet provayderlar xizmatlari uchun to‘lovlar, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda turli kommunal to‘lovlari amalga oshiriladi.
Hozirgi kunda barcha tijorat banklari tomonidan raqamli banking texnologiyalarini, jumladan, mobil-banking xizmatlarini real vaqt rejimida ko‘rsatish tizimlarini yanada rivojlantirish, bank plastik kartalarini to‘liq qamrab olish maqsadida barcha banklar (Eron «Soderot» bankidan tashqari) tomonidan jismoniy shaxslar uchun mobil-ilova to‘lov dasturlari yaratilib va joriy qilingan.
Banklar tomonidan ko‘plab mexanizmlar amalga oshirilmoqda
Ular quyidagilar:
- mobil-ilova to‘lov dasturlari imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida banklardagi xisobvaraqlarini boshqarish;
- bank plastik karta hisobvarag‘idan bank plastik karta hisobvarag‘iga, depozit hisobvarag‘idan — depozit hisobvarag‘iga to‘lovlarni amalga oshirish;
- onlayn kreditlar berish (kreditlarni so‘ndirish) va to‘lovlarni amalga oshirish;
- onlayn jamg‘armalar ochish;
- onlayn konversiya amallari;
- savdo va xizmat ko‘rsatish shahobchalariga onlayn to‘lovlarni amalga oshirish.
Ushbu mexnizmlarning yagona platformada joriy qilinishi, bank mijozlari — jismoniy shaxslarga bankdagi o‘z hisobvaraqlarini har kuni 24/7 tamoyili asosida boshqarish hamda pul mablag‘larini tasarruf etish imkoniyatini yaratadi.