O‘zbekistonda dollar kursi yana asaydi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.
3-iyundan amal qiladigan Amerika valyutasining rasmiy kursi 11 934,64 so‘m etib belgilandi. Savdo kuni davomida kurs 14 so‘m 39 tiyinga pasaydi.
Valyutalar kursining o‘zgarish dinamikasi hamda banklardagi valyuta kurslari bilan batafsil bu yerda tanishish mumkin.
2026-yilning yanvar-may oylari yakunlariga ko‘ra, o‘zbek so‘mi dollarga nisbatan biroz mustahkamlandi. May oyida milliy valyuta dollarga nisbatan 63,4 so‘mga yoki 0,53% ga arzonlashib, 12 001,94 so‘mni tashkil etdi.
Oyning birinchi yarmida kurs 12 150 so‘m atrofida edi. Biroq, ikkinchi yarmida milliy valyuta 175 so‘mdan ko‘proqqa mustahkamlandi va hatto bir necha bor 12 000 so‘mdan pasaydi.
Avvalroq Spot banklardan $500 gacha valyutani pasportsiz xarid qilishga ruxsat berilgani haqida yozgandi.
Mijozlar bankdan $500 gacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin.
Amaldagi tartib bilan ushbu limit $100 ni tashkil etadi. Yangi tartib hujjat qabul qilingan kundan e’tiboran 3 oydan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank tomonidan ishlab chiqilgan mazkur qaror loyihasi joriy yilning mart oyida jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgandi.