Qozog‘istonning «Shimkentmay» yog‘ ishlab chiqaruvchi kompaniyasi yil so‘ngiga qadar O‘zbekistonga yo 4 million $ miqdorida yog‘ eksport qilishni yejalashtirdi, deb xabar beradi Atameken.
«To‘rt million dollarlik shartnoma — Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasi va «KazakhExport"ning mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish bo‘yicha hamkorlikdagi ishining natijasi», — deya ta’kidlab o‘tdi Janubiy Qozog‘iston viloyati tadbirkorlar palatasining loyihalarga hamrohlik qilish bo‘limi eksperti Bakitjan Seytinbetov.
«Shimkentmay» «KazakhExport» eksport sug‘urta kompaniyasi dasturi doirasida «Sberbank"dan 100 mln tenge (2,2 milliard so‘m) miqdorda eksportdan avvalgi moliyalashtirishning birinchi transhini oldi.