2016 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan"Startap-tashabbuslari" dasturi yoshlarni o‘z shaxsiy startaplarini yaratishga hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishgako’maklashishga qaratilgan. Dastur BMTTD, Savdo-sanoat palatasining qo‘shma faoliyati mahsuloti bo‘lib, joriy yilda Innovatsion rivojlanish vazirligi va Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Yoshlar-kelajagimiz” davlat dasturida belgilangan vazifalar doirasida Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshirilmoqda.

Dasturga saralash qanday o‘tkaziladi?

Dasturga saralab olish onlayn arizalar va jamoalar bilan suhbat o‘tkazish asosida amalga oshiriladi. Xususan, qizlar rahbarligidagi yoki jamoalar tarkibida tasischi sifatida qizlar ishtirok etayotgan jamoalar va loyihalar ustuvorlik kasb etadi.

Dastur nimalardan iborat?

Hakamlar hay’ati tomonidan aniqlangan eng yaxshi loyihalarning jamoalari Dasturda ishtiroketishlari va Lean Startup (“tejamkor startap”) uslubiyati asosidagi startap-loyihalarni rivojlantirish bo‘yicha tayanch ta’lim kursini o‘tishlari mumkin.

Dastlabki ikki davr tajribasidan kelib chiqqan holda, asosiye’tibor ekspertlar va mentorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish hamda tanlab olingan startaplarni hayotga tatbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatishga qaratiladi. Ekspertlar loyiha g‘oyalarini hayotiyligini aniqlashda, qiymat takliflari va qabul qilingan tahminlarni sinashda, MVP (yakuniy mahsulotning minimal ishga layoqatli ko’rinishii)ni yaratishda, loyihaning biznes-modelini ishlab chiqishda, savdo kanallarini izlashda va sarmoyachilalar uchun taqdimotni tayyorlashda yordam beradilar.

Eng muvaffaqiyatli loyihalarning jamoalari “Demo Day” yakuniy tadbiri istiqboldagi investorlarga o‘z loyihalarini taqdim etish hamda innovatsiyalar forumida ishtirok etish imkoniga erishadilar. “Demo Day” yakunlari bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan beshta loyiha o‘z startaplarini rivojlantirish uchun beg’araz sarmoya shaklida mablag‘ga ham ega bo‘ladilar. Bunda moliyaviy ko‘mak Innovatsiyalarni rivojlantirish vazirligi va Yoshlar ittifoqi tomonidan ko‘rsatiladi.

Joriy yilda alohida seminarlar va mahorat darslari Toshkent shahridan tashqari, Namangan va Samarqand viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham o‘tkaziladi. Har bir hududda Qo‘llab-quvvatlash dasturida ishtirok etish uchun 30 tagacha eng yaxshi loyihani tanlab olish rejalashtirilgan. Dasturning hududiy bosqichi yakunlanganidan so‘ng, ekspert guruhi tomonidan saralab olingan 3 tagacha eng yaxshi loyiha Toshkentda bo‘lib o‘tadigan “Demo Day” yakuniy tadbirida ishtirok etish imkonini qo‘lga kiritadi.

Qanday qilib ishtirokchiga aylanish mumkin?

Dasturda qanday ishtirok etish, loyihalarni saralab olish mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yilgan talablar haqidagi ma’lumot bu yerda joylashtirilgan.

Ariza topshirishning yakuniy sanasi — 2018 yil 17 sentyabr.