Oliy ta’lim muassasalariga masofaviy o‘qitishni tashkil etish huquqi berildi. Bu haqda Prezident qarorida keltirilgan.

Oliy ta’lim muassasalariga, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalariga, ularning mulkchilik shakli va bo‘ysunuvidan qat’i nazar, masofaviy o‘qitishni tashkil etish huquqi berildi.

2018 yil 1 oktyabrga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarida, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalarida masofaviy o‘qitishni amalga oshirish tartibini ishlab chiqadilar.