UzPass ilovasida sayyohlar uchun qator xizmat turlari taqdim etilgan: mehmonxonalarda xonalarni rezerv qilish, turistik paketlarni harid qilish, transfer, avtoulov ijarasi va yo‘lboshlovchi tanlash. Har bir tashkilot sayyohlarga turli shartlardagi takliflarni berishlari mumkin. Ushbu onlayn ilova xizmatlarni qulay ravishda sotish hamda sayyohlarga qulay qidiruv tizimini taqdim qiladi. Hamkorlar ushbu ilovaga ulanishlari uchun internetdagi sahifaga kirib ro’yhatdan o’tishlari lozim, sayyohlar esa internet orqali ilovani yuklab olib foydalanishni boshlashlari mumkin.

Innovatsion mahsulotimizning eng qulay afzalliklaridan biri chegirmali elektron karta hisoblanadi, ushbu karta yuqorida keltirilgan sayyohlik xizmatlarini harid qilish jarayonida iqtisod qilish imkonini beradi. Internet sahifada har bir xizmat turining narxlari ikki xil ko’rinishda taqdim etilgan: chegirma bilan va chegirmasiz.

Qo’shimcha sifatida teatr, qiziqarli joylar, savdo markazlari va mamlakat bo’ylab suvenirlar harid qilish uchun ham chegirmalar mavjud. Jami chegirmalar 60% gacha tashkil qilishi mumkin. Bir segmentdagi bir kunlik elektron kartaning o’rtacha narxi 12,3 ming so’mni tashkil qiladi va kartaning egasi bu narxdan bir necha barobar ko’proq iqtisod qilish imkoniga ega bo’ladi.


Bundan tashqari ilova orqali har xil noxush hodisalardan o’zingizni 4 million so’mga sug’urta qilish imkonini beradi va SOS tugmasi sizga o’z vaqtida sug’urta orqali tez yordam va boshqa favqulodda xizmatlardan foydalanishga yordam beradi.

Xizmatlardan foydalanishni yanada qulayroq qilish maqsadida, foydalanuvchilar sayyohlik xizmatlarini onlayn tizimda milliy va xorijiy valyutada to’lash imkoni yaratilgan. Milliy valyutadagi to’lovlar Payme (hamkor-kompaniya Paycom) orqali o’tkaziladi, xorijiy valyutadagi to’lovlar esa xalqaro VISA (hamkor-bank “Kapitalbank”) orqali amalga oshiriladi. Xizmatimiz hamkorlariga “Kapitalbank” ATB eng yaxshi bank tariflari asosida xizmatlarni taqdim etadi (konversiya amaliyoti uchun past foiz komission to’lovlar, debit aylanmalari va oylik abonent to’lovlarisiz) va xorijiy valyutadagi POS-terminallarni oylik ijara to’lovisiz taqdim etadi.

Xizmatimiz hamkorlaridan biri UMS mobil aloqa operatori O’zbekistondagi uyali aloqa operatorlari ichida birinchi bo’lib sayyohlar uchun mahsus “Uzbekistan Pass 2000” va “Uzbekistan Pass 5000” tariflarini taqdim etadi va qo’shimcha sifatida mobil ilovaga hamda internet sahifaga imtiyozli ravishda foydalanuvchilarga internet trafik sarflamay kirish imkonini beradi.

Mobil ilova o’z ichida O’zbekiston haqida to’liq ma’lumotlarni jamlagan va hamma uchun dunyoning 10 xil tilida mavjud.

UzPass mobil ilovani yuklab oling: clc.la/spotuzuz

Reklama huquqi asosida.