Bugun Pekinda Honor 10 — Honor 10 Lite flagmanining “soddalashtirilgan” variantining taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Biroq, “China Telecom” saytida smartfon haqida ma’lumot e’lon qilindi va foydalanuvchilar smartfonning tavsifi va narxi haqida ma’lumotga ega bo‘lishdi, deb xabar beradi “Gizmochina”.

Smartfonga old kamera ostida tomchisimon kesik va kichik “engakli” displey o‘rnatildi, korpus shisha va metaldan yasalgan. Orqa tomoniga qo‘shaloq asosiy kamera va barmoq izlari skaneri vertikal joylangan.

Honor 10 Lite 6,2-dyuymli displeyga, Kirin 710 protsessori, 4/6 GB tezkor xotira, 64/128 GB joy, 24-megapikselli old kamera, qo‘shaloq asosiy kamera (13+5 Mp), 3400 mAch sig‘imli akkumulyator va OS Android 9 Pie larga ega.

Qurilma 4 xil rangda sotuvga chiqariladi: “Midnight Black”, “Lily White” va gradiyent ko‘k va qizil ranglarda.

Saytda ma’lum qilinishicha, smartfonning 4+64 GB ligi 331 $, 6+64GB — 372 $, 6+128GB — 432 $ atrofida sotuvga qo’yiladi.