Alisa sun’iy intellekt assistenti professional uchrashuvda boshlovchiga yordamchi sifatida ishtirok etdi. 28-aprel kuni Yandex Uzbekistan’ning Alisa assistenti O‘zbekiston Superligasi-2026 10-turidan o‘rin olgan “Andijon” — “Dinamo Samarqand” uchrashuvini Andijondagi “Bobur Arena” stadionida sharhlashda ishtirok etdi.
O‘yin boshlanishidan oldin Alisa professional boshlovchiga qo‘shilib, o‘zbek tilida tomoshabinlarni qutladi, jamoalar tarkibini tanishtirdi va tribunalardagi muhit haqida ma’lumot berdi. Tanaffus paytida taymerni ishga tushirdi, o‘yin yakunlanganidan so‘ng esa natijalarni sarhisob qilib, g‘olib bo‘lgan “Andijon” jamoasini tabrikladi.
Alisa’ning stadionda namoyon bo‘lishi Yandex Uzbekistan va O‘zbekiston Professional futbol ligasi o‘rtasida 2025-yil fevralda e’lon qilingan strategik hamkorlik doirasida amalga oshirildi. Ushbu hamkorlikdan maqsad — mamlakatda futbol industriyasini rivojlantirish va zamonaviy texnologiyalar asosida muxlislar uchun yangi imkoniyatlar yaratish.
Alisa “aqlli” kolonkalarda 2025-yil sentabridan boshlab o‘zbek tilida so‘zlasha boshladi. AI-assistent Yandex Uzbekistan’ning yirik til modeli asosida ishlaydi. Ushbu modelni o‘qitishda professional muharrirlar va filologlar ishtirok etgan, sinov jarayonida esa O‘zbekistonning 13 hududidan 300 nafar foydalanuvchi jalb qilingan.
Reklama huquqlari asosida.