Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahar IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir o’tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

O’tkazilgan tadbir natijasida, fuqaro A.M. va J.Q.lar oldindan til biriktirib, har bir $ ni 8 470 so‘mdan hisoblab, 10 000 $ ni 84,7 mln. so‘mga noqonuniy ravishda sotgan vaqtda ushlanganlar.

Bundan tashqari, tadbir davomida fuqaro A.M.dan 15 200 $, fuqaro J.Q.dan 5 000 rossiya rubli va 200 $ ashyoviy dalillar sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.