Behzod Normatov prezident maslahatchisi bo‘ldi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

U davlat rahbarining yoqilg‘i-energetika masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Joriy yilning fevralida Normatov Prezident Administratsiyasining Neft-gaz sohasidagi islohotlarni jadallashtirish bo‘yicha loyiha ofisi sho‘ba mudiri etib tayinlangandi.

Behzod Normatov turli yillarda “Andijonneft” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi, Energetika vazirligida turli vazifalarda, jumladan, vazir o‘rinbosari, shuningdek, “O‘ztransgaz” raisi lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Spot, avvalroq, Abdulla Abduqodirov Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi direktori bo‘lgani haqida yozgandi.