Spot 2019 yil yanvar oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.

“Kapitalbank”

Yillik foiz stavkasi 22% ni tashkil etadi. Bunday stavka bo’yicha foizlar faqat uch oy muddatda — 10 oydan 12 oyga qadar qo’shib hisoblanadi. Qolgan vaqt mobaynida har uch oyda avval 19% dan 22% ga oshadi, 13 oydan 24 oygacha bo’lgan davrda esa yana 19%ga tushadi, 25 oydan boshlab muddat tugagunga qadar 17% ni tashkil etadi.

Foizlar har oyda naqd yoki kartaga o’tkazish yo’li bilan to’lab beriladi. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 100 ming soʻm.

O‘zbekiston milliy banki

Yillik foiz stavkasi 21% ni tashkil etadi. Omonat muddati — 18 oy bo’lib, boshlang‘ich badali — 1 million so‘mni tashkil etadi. Foizlar har oyda to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar naqd va naqdsiz qabul qilinadi. Omonat muddatidan oldin bеkor qilingan holda 3−17 oyga — 16% miqdorda hisoblab to’lanadi.

“Turonbank”

Yillik foiz stavkasi — 21%. Foizlar har oyda to‘lanadi. Foizlar har oyda — 3 yil davomida to’lanadi. Omonatning minimal miqdori bo’yicha cheklovlar yo’q, biroq faqat naqd pulda qabul qilinadi.

“Agrobank”

Yillik foiz stavkasi — 20%, muddati — 25 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Hisoblangan foizlar oyda bir marta mijoz talabiga binoan naqd pulda yoki avtomatik ravishda plastik kartaga o‘tkaziladi.

“Aloqabank”

Foiz stavkasi — 20%, muddati — 25 oy. Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 5 million so’m. Foizlar oyma-oy talab qilib olinguncha hisobraqamga ko`chirib boriladi.

“Davrbank”

Yillik foiz stavkasi — 20%, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 500 ming so’m. Foizlar har oyda to’lab boriladi.

“InfinBANK”

Yillik foiz stavkasi — 20%. Omonatning minimal miqdori 1 million so’mni tashkil etadi va naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi. Omonatni to‘ldirishni amalga oshirish 12 oy davomida ruhsat etiladi, ammo oyiga 1 martadan ko‘p emas.

“Qishloq qurilish bank”

Yillik foiz stavkasi — 20%. Muddati — 25−36 oy. Mablag‘ milliy valyutada naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda omonatchining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Omonatchining 12 oydan ortiq saqlangan omonatini muddatidan oldin qaytarib olishi talab qilinganda, omonat saqlangan davrga Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining 50% miqdorida foiz hisoblab beriladi.

“Orient Finans” bank

Foiz stavkasi — 20%, muddati — 36 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 10 million so’mni tashkil etib, naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi.

“Turkiston bank”

Foiz stavkasi — 20%, muddati — 18 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 25 million so’mni tashkil etib, foizlar naqd va plastik karta orqali har oyda to’lab boriladi. Biroq har oyda naqd yoki kartaga to’lanadigan foizlarga qo’shimcha ravishda bank o’z omonatchilariga sovg’alar taqdim etadi. Mijoz depozit miqdoriga qarab, elektr choynaklari va mikserdan tortib (25−50 mln. so’mlik hissa uchun), sovutgich va kir yuvish mashinasiga (500 mln va undan ortiq) tanlov ega bo’lishlari mumkin.

“Hamkorbank”

Foiz stavkasi — 20%, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 5 million so’mni tashkil etadi. Omonatni muddatidan avval yopilsa foizlar hisoblab chiqarilmaydi.

“Asia Alliance Bank”

Foiz stavkasi — 19%, muddati — 25 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 500 ming so’mni tashkil etadi. Foizlar har oyda va omonat muddati tugaganda to’lanadi. Qo’shimcha badallar qabul qilinmaydi. Omonat muddatidan avval yopilganda foizlar quyidagi miqdorda to’lanadi: 1 oydan 6 oygacha- 14%, 6 oydan 12 oygacha- 15%, 12 oydan 18 oygacha- 16%, 18 oydan yuqori — 17%.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.