GM Uzbekistan 2019 yilni faoliyatida eksport salohiyatini oshirish yili deb e’lon qilgan. Kompaniya avtomobillarning dastlabki partiyasini Qozog‘istonga eksport qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga Nexia R3 avtomobillarini yirik uzelli yig‘ish uchun SKD holida hamda “Ravon Motors Qozog‘iston"ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holida eksport qiladi.

Bundan tashqari joriy yil boshidan buyon kompaniya tomonidan Afg‘oniston va Tojikiston respublikalariga avtomobillar eksporti amalga oshirildi.

Ravon avtomobillari 2019 yilda Rossiya bozorida paydo bo’lmadi. Ravon avtomobillari so’nggi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida 508 dona sotildi.

Ilgari Spot joriy yilda o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 51,3%ga oshgani haqida xabar bergan edi.