2019−2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirish va o‘qishga kirish sinovlariga bir qator o’zgartirishlar kiritildi.

Hujjatlarni topshirish va test sinovlari

Abituriyentlardan hujjatlar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.

Endi istalgan milliy OTMga hujjatlarni yashash manzilidan uzoqlashmasdan — Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki — my.gov.uz portali orqali yuborish imkoni yaratildi.

Shuningdek, Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil bo‘lgan uchtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tanlovda ishtirok etish huquqi beriladi va test sinovlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi.

Imtiyozlar

Vazirlar 2019−2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish sinovlariga bir qator imtiyozlar qo’llaniladi.

Tyest sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Chyet tili birinchi (asosiy) bo‘lmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki IELTS 4,5, TOEFL IBT 42, Cambridge Assessment English PET xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori.

Toshkent davlat yuridik universitetiga chet tilidan imtihonlarsiz beriladigan maksimal ballar belgilandi:

  • ingliz tili uchun — milliy sertifikat yoki IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5 ball), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun — milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun — milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun — milliy sertifikat yoki Diplome d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun — milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari bo‘yicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.