Milliy banklararo protsessing markazi 13 may kuni MasterCard xalqaro to’lov tizimi bilan kelishuv shartnomasi imzoladi.

Shartnomaga doirasida tomonlar mahalliy to’lov tizimini MasterCard tarmog’iga ulashga kelishib oldilar. Shunday qilib, Humo kartalarini butun dunyo bo’ylab 70 million savdo nuqtalari qabul qiladi.

Bu haqda MBPM direktori Shuhrat Qurbonov Spot muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“MasterCard ishlaydigan joyda Humo ham ishlaydi. Firibgarlik xavfi oshayotgani uchun bunday kartalarni alohida mahsulot — Humo International’ga ajratishga qaror qildik”, — dedi Shuhrat Qurbonov.

MBPM direktorining so’zlariga ko’ra, mazkur karta xizmat ko’rsatish jihatidan oddiy kartadan ko’ra qimmat bo’lishi mumkin.

Karta mamlakat ichida ham (to'lov so’mda amalga oshiriladi) va respublika tashqarisida ham qo’llanilishi mumkin, bu holda to’lov karta egasi joylashgan mamlakat valyutasida amalga oshiriladi. Yangi mahsulot foydalanuvchilarga internet orqali xaridlarni amalga oshirish imkonini ham beradi.

Shartnomaga ko’ra, MasterCard Humo International kartochkalari egalari uchun bir qator xizmatlaridan foydalanish imkonini berishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, kompaniya tizimni firibgarlikka qarshi kurashga yo’naltirishga tayyor.

Shuhrat Qurbonov loyiha amalga oshirilishining aniq sanasini ma’lum qilmadi, ammo dastlabki shartnoma tasdiqlanganligini ta’kidladi:

“Biz ushbu kelishuvni kelgusi bir necha oy ichida amalga oshirishni kafolatlaymiz. Ba’zi nyuanslar bor. Misol uchun, chet elda ishlashni boshlamoqchi bo’lgan har qanday karta taniladigan bo’lishi kerak. Agar hozirda Humo kartasini xorijda ko’rsatilsa uni qabul qilishlari dargumon. Muayyan ishlar amalga oshirilishi kerak, “- dedi MBPM direktori.

Ta’kidlanishicha, Humo International kartasining dizayni oddiy kartadan farqlanadi. Ehtimol, maxsus effektlardan foydalaniladi.

Ilgari Spot Humo kartalari orqali aloqasiz to‘lovlarni amalga oshirish imkoni paydo bo’lgani haqida xabar bergan edi.