GM Uzbekistan kompaniyasi Ozarbayjonga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi, xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

Birinchi bosqichda mamlakatga R3 va R4 modellari yetkaziladi, keyinchalik modellar qatori kengayadi.

Kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston, Tojikiston va Ukrainaga avtomobillar eksportini amalga oshirdi.

Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.

Endilikda GM Uzbekistan avtomobillari mahalliy shinalar bilan butlanadi. Qariyb 123 ming avtomobil har yili “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJda ishlab chiqarilgan shinalar bilan chiqariladi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan Tracker avtomobillariga chegirma e’lon qilgani haqida xabar bergan edi.