GM Uzbekistan kompaniyasi Tracker Premier AT avtomobiliga 16 million so‘m miqdorida bayramona chegirma e’lon qildi.

Aksiya 8 maydan respublikaning barcha avtosalonlarida 100% oldindan to‘lov amalga oshirilgan avtomobillar uchun joriy yilning 5 iyuniga qadar amal qiladi.

Mazkur chegirma aksiyasi muddatli to‘lovga xarid qilinayotgan avtomobillarga amal qilmaydi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan Tracker va Malibu avtomobillari uchun foizsiz muddatli to‘lov yo’lga qo’ygani haqida xabar bergan edi.