Hukumat “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJni yagona yetkazib beruvchi sifatida tan oldi.

Endi byudjet va korporativ buyurtmachilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan holda, korxona mahsulotlarining xaridini amalga oshirishga haqlidirlar.

Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ faoliyatining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari tasdiqlandi, xabar beradi “Norma”.

"Angren" EIZda joylashgan korxona qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalarining yagona yetkazib beruvchisi etib belgilandi.

“Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJni rivojlantirish chora-tadbirlari orasida — 2020 yilga kelib “Jeneral motors” (O‘zbekiston) AJ avtomobillarini 493,3 ming dona mahalliy shinalar bilan birlamchi butlashni ta’minlash. Ya’ni, qariyb 123 ming avtomobil har yili O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan shinalar bilan chiqariladi. Bu 2019 yil uchun rejalashtirilgan ishlab chiqarish hajmining qariyb 49,2%idir.

Respublika bo‘yicha “Birinchi rezinotexnika zavodi” MCHJ shinalari 78 ta avtosalon va 35 ta firma do‘konlarida ham sotiladi.