23 may kuni GM Uzbekistan kompaniyasi Ukrainaga avtomobillar eksportini qayta yo‘lga qo‘ydi.

Ukrainaga R4 va R2 modelidagi avtomobillar eksport qilinadi.

Kompaniya bugungi kunga qadar Qirg‘iziston, Belarus, Afg‘oniston va Tojikistonga avtomobillar eksportini amalga oshirdi.

Shuningdek Qozog‘istonning Kostanay shahrida ham kompaniya avtomobillari yig‘ilmoqda.

2018 yilning oktyabr oyida Ukraina O’zbekistonning yengil avtomobillariga nisbatan subsidiyaga qarshi tekshiruv olib borishni boshladi va tekshiruvni dekabr oyida to’xtatdi.

Ilgari Spot GM Uzbekistan avtomobillari mahalliy shinalar bilan butlanishi haqida xabar bergan edi.