3 aprel kuni GM Uzbekistan aksiyadorlik jamiyati avtomobillarining ilk partiyasini Belarusga eksport qilish uchun yukladi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

Belarusga tayyor holda Nexia R3 va R4 modelidagi avtomobillar eksporti amalga oshiriladi.

Avvalroq kompaniya Nexia R3 avtomobillarini Qozog‘istonning Kostanay shaxridagi “SariarkaAvtoProm” zavodiga yirik uzelli yig‘ish uchun hamda “Ravon Motors Qozog‘iston"ga R4 modelidagi avtomobillarini tayyor holda eksport qilgan edi.

Yil boshidan buyon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar Afg‘oniston va Tojikiston qo‘shni davlatlariga ham eksport qilingan.

Ravon avtomobillari 2019 yilda Rossiya bozorida paydo bo’lmadi. Ravon avtomobillari so’nggi marta Rossiyada 2018 yilning may oyida 508 dona sotildi.

Ilgari Spot joriy yilda o’tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 51,3%ga oshgani haqida xabar bergan edi.