Spot mamlakatning barcha banklarida Visa, MasterCard va UnionPay kartalarini chiqarish va ularga xizmat ko’rsatish tariflarini o’rganib chiqdi va ularni qayerda ochish foydaliroqligi, bank tanlashda nimalarga ahamiyat berish kerakligi, karta egalari qanday qo’shimcha xizmatlardan foydalanishlari mumkinligi haqida so’zlab beradi.

Qanday kartalar mavjud?

To’lov tizimlarida sezilarli farq yo’q. Visa va MasterCard dunyodagi yirik to’lov tizimlaridir. Ularning kartalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qabul qilinadi. UnionPay qamrovi yildan-yilga kengayib bormoqda, kartadan dunyoning 174 mamlakati va hududlarida foydalanish mumkin.

Spot tomonidan so’ralgan banklarning ta’kidlashicha, Yevropaga sayohat qilishda MasterCard’ni, AQShga esa Visa’ni olib borish tavsiya etiladi.

Xalqaro kartalardan bankomat orqali naqd pul yechib olish, tovarlar va xizmatlar haqini to’lash va internetda xaridlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Kartalar ma’lum bir to’lov tizimiga qarashliligidan qat’i nazar, turlariga ko’ra farqlanadi — virtual, elektron, oddiy va premium.

Virtual karta elektron ravishda ochiladi, shu sababli uni terminallarda yoki bankomatlarda ishlatish mumkin emas. Asosiy afzallik — rasmiylashtirishning osonligi va past tariflardir. Kartani uydan chiqmasdan turib, bankning mobil ilovasi orqali ochish mumkin, va odatda, kuymaydigan depozit 10 $dan oshmaydi.

O’zbekistonda bunday kartalarni bir nechta banklarda ochish mumkin, masalan, “O'zmilliybank” va Hamkorbank’da. Birinchisida buni bepul amalga oshirish mumkin, kuymaydigan qoldiq — 5$, Hamkorbankda ro’yxatdan o’tish uchun siz 10 ming so’m to’lashingiz kerak, ammo sug’urta depoziti yo’q.

Elektron kartalarga Visa Electron, Maestro kiradi. Bunday kartadagi har qanday operatsiya faqat karta rekvizitlarining elektron tekshiruvidan so’ng amalga oshiriladi, shuningdek hisobda yetarli mablag' bor-yo'qligi tekshiriladi.

Shuni yodda tutish kerakki, elektron kartalar hamma joyda ham qabul qilinavermaydi. Agar siz bunday karta bilan sayohat qilishni rejalashtirayotgan bo’lsangiz, bankomat yoki chakana savdo do’koni qabul qilmaslik holatlarini bartaraf etish uchun naqd pul olib yurish kerak bo’ladi.

Shunga qaramay, elektron kartalar yordamida bankomatlardan naqd pul yechish, internet orqali va savdo nuqtalarida to’lovlarni amalga oshirish mumkin. Texnik xizmat ko’rsatish oddiylariga qaraganda arzonroqga tushadi. O’zbekiston banklarida bunday kartalar ko’pincha bepul chiqariladi, sug’urta depoziti 5−20 $ni tashkil etadi.

Eng keng tarqalgan tur — bu klassik kartalar (Visa Classic, MasterCard Classic). Ular xizmat ko’rsatishning past narxiga va keng funksionallikka ega. Kartalar yordamida mehmonxona xonasini bron qilish, aviachiptalarni xarid qilish kabilarni amalga oshirish mumkin.

Premium karta egalari (Gold, Platinum) to’lov tizimlari hamkorlaridan chegirmalar, shuningdek, bir qator qo’shimcha xizmatlarga ega bo’lishadi — masalan, chet elga sayohatda bepul sug’urta, yuridik va tibbiy yordam.

O’zbekistonda milliy valyutani chet el valyutasiga konversiyalash cheklanganligi sababli, konversion kartalar ham mavjud. Ba’zi banklarda ular alohida turga bo’linadi, bu holda karta nomiga Exchange qo’shimchasi qo’shiladi, boshqalarida esa — so’mni oddiy valyuta kartasiga o’zgartirish mumkin.

Karta qanday ochiladi?

Deyarli barcha banklarda kartani rasmiylashtirish, karta chiqarilishi uchun to’lovni amalga oshirish va sug’urta depozitiga mablag' qo’yish uchun faqat pasport va pul talab qilinadi. “O'zmilliybank"da STIR (INN) talab qilinishi mumkin.

Aksariyat hollarda bank ofisiga ikki marta tashrif buyurish kerak: birinchisida — ariza yozib, hujjatlar taqdim etiladi, ikkinchisi — tayyor kartani olish uchun.

Oddiy kartalar bo’yicha komissiya o’rtacha 10−50 ming so’mni tashkil etadi. Odatda ular 2−3 ish kuni ichida tayyor bo’ladi. Bank xodimi qo’ng’iroq qilib uning tayyorligi to’g’risida xabar beradi.

Karta 2−3 yilga amal qiladi. Ushbu davrdan so’ng, bank kartani, shu jumladan, bepul qayta chiqaradi.

Hamkorbank’da arizani saytda qoldirish mumkin (saytning o’zida komissiyani to’lash mumkin), so’ngra tayyor kartani olish uchun ofisga borish kerak.

Boshqa banklar — “Agrobank”, “Kapitalbank”, “Ipak Yo’li” banki (hozircha faqat pensionerlar uchun) tayyor kartani to’g’ridan-to'g'ri uyga yoki ofisga bepul yetkazib berishadi. Hozircha xizmat faqat Toshkent shahrida amal qiladi.

Bundan tashqari, mijozlarning qulayligi uchun ko’plab banklar tushlik tanaffusisiz ish rejimiga o’tdilar. Ular orasida Kapitalbank, OFB (faqat bosh ofis), Trastbank (faqat bosh ofis), Hamkorbank, “O'zmilliybank”, Universalbank. Ipak Yo’li Bank “Markaz” ofisida ish kunidan keyin ham kartani olish mumkin.

Bankni qanday tanlash kerak?

Avvalo tariflarga e’tibor berish kerak — chiqarish qiymati, naqd pul olish va tovarlar uchun komissiya, minimal qoldiq miqdori va boshqalar (O'zbekiston banklari tomonidan chiqarilgan barcha turdagi kartalar uchun tariflar quyidagi jadvalda keltirilgan).

Xaritada ko’plab banklarning saytlarida nafaqat bank filiallari, balki bankomatlar joylashgan manzillar ham ko’rsatilgan. Ularga e’tibor berish kerak. Faqatgina karta chiqarilgan bank bankomatlarida pulni bepul yechish mumkin. Agar “boshqa” bankda naqd pul olinsa, ikkala bank ham komissiya yechib oladilar.

Turli xil banklarda xalqaro kartalarga xizmat ko’rsatish turlicha — kartani qayta chiqarish, blokirovka qilish, karta buzilgan yoki yo’qolganda uni tiklash, hisobni to’ldirish, hisobni muddatidan oldin yopish, SMS-ma'lumotlarga ulanish, qat’iy hisobot shakllarini shakllantirish va boshqalar.

Spot ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.

Bank nomi

Karta turi

Chiqarish (ming so’m)

Kuymaydigan depozit

Naqd pulni yechish

Tovar va xizmatlarga to’lov

Аgrobank



Visa Electron (Konvers.)

12

$10

1%

0,5%

Visa Classic

25

$10

1,5%

1%

Visa Gold

50

$10

1,5%

1%

Asia Alliance Bank




Visa Classic

30

$10

1%

0,5%

Visa Gold

50

$20

1%

0.8%

UnionPay Classic

30

$10

1%

0.5%

MasterCard Standard

30

$10

1%

0.5%

MasterCard Gold

50

$20

1%

0.8%

“Aloqabank”

Visa Classic

30

$10

1%

0,30%

Davr bank

UnionPay Classic

bepul

$20

1%

0,50%

InfinBank

Visa Classic

20

$20

1% (min. $2)

0,5% (min $0,5)

Visa Gold

20

$20

Visa Platinum

50

$100

UnionPay Classic

20

$20

Ipak Yo’li Banki







Visa Virtual

bepul

$5

-

0,7% (min. $0,5)

Visa Classic

40

$50

1,5% (min. $2)

0,5% (min. $1)

Visa Classic Exchange

40

$10

1% (min. $2)

Visa Gold

101

$70

1,1% (min. $2)

0,4% (min. $1)

Visa Platinum (конверс.)

202

$100

1% (min. $2)

0,3% (min. $0,5)

UnionPay Classic

bepul

$0

0,8% (min. $2)

0,5% (min. $1)

UnionPay Gold

60

$0

Kapital Bank




Visa Electron

bepul

$15

2% (min. $1)

0,5% (min. $0,01)

Visa Classic

110

$20

2% (min. $1)

1% (min. $1)

Visa Gold

210

$50

2% (min. $1)

1% (min. $1)

Qishloq qurilish bank

Visa Classic

100

$100

1%

0,7%

Orient Finans Bank





Easy (konvers. Visa, MasterCard, UnionPay)

bepul

$20

1% (0,5% tarmoq bo’ylab)

0,7% (min. 1 $)

Maestro

30

$25

1,5%

0,5%

MasterCard Standard

85

$20

1,5% (мин. 2 $)

0,5% (мин. 0,5 $)

UnionPay Classic

Trastbank

Visa Electron

100

$30

3%

1%

“Тurkistonbank”

Visa Electron

30

$20

1,5%

1%

Turon bank




MasterCard Standard

30

$20

0.5%

0,5%

MasterCard Gold

40

$35

0.5%

0,5%

Visa Classic

35

$20

1,5%

0,5%

Visa Gold

50

$35


HamkorBank


Visa Virtual

10

0

-

0.5%

UnionPay Classic

30

$10

1% (min. $2)

0.4%

UnionPay Exchange (конвер)

30

$10

1% (min. $1)

0,4%

O’zmilliybank


Visa Virtual

bepul

$5

-
0

Visa Classic

bepul

$25

1%
0,5%

Visa Gold

100

$50

2%
0

Visa Platinum

200

$100

2%
0

“O'zsanoatqurilishbank”

Visa Electron

bepul

$10


0,5% + $0,5

Visa Classic

15

$10


0,5% + $1

Visa Gold

55

$50


0,5% + $1

Universal Bank

Visa Electron

30

$10

1,5%

0,50%

Hi-Tech-Bank

Visa

30

$20

0,5%

0,50%

Ravnaq Bank





Visa Electron

bepul

$5

2.5% (min. $1.5)

0

Visa Classic

20

$10

2.4% (min. $1,5)

0

Visa Gold

50

$25

2,3% (min. $1,5)

0

Visa Platinum

200

$50

2.2% (min. $1.5)

0

Visa Electron Exchange

bepul

$5

1% (min. $2)

0

Asaka

Maestro

bepul

0

1% (min. $2)

0,5%

MasterCard Standard

bepul

$50

1% (min. $2)

0,5%

Ziraat Bank Uzbekistan
Visa Electron
100
$50
0,5%
0,5%