UzAuto Motors kompaniyasi 1.5 l. Turbo dvigatelli yangilangan Malibu Facelift avtomobili savdosi boshlanayotganini ma’lum qildi.

Yangilangan model Malibu 2.5l. o‘rnini egallaydi hamda uning yangi texnologik va tejamkor (30%) davomchisi bo‘ladi.

Old uzatmali avtomobil avvalgisidan 100 kilogrammga yengil ekanligiga qaramay, uning uzunligiga taxminan 12 santimetr qo‘shgan. Bunday natijaga uning 1,5 litrli 160 ot kuchiga ega turbomotori sababli erishilgan.

Modelning narxi avvalgisidan 5 mln so‘mga arzon.

Shuningdek, hozirda yangilangan Facelift Malibu Turbo 2 l. avtomobilining ham savdosi yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu modeldagi avtomobillarni yetkazib berish 2019 yilning sentyabr oyidan boshlanadi.

Ta’kidlanishicha, hozirgi vaqtda Malibu 2.5 l. avtomobili juda oz miqdorda chegaralangan ranglar palitrasida qolgan va ushbu model ishlab chiqarishdan to‘xtatilmoqda.

Kompaniya dilerlar bilan birgalikda Malibu 2.5 l. avtomobili uchun shartnoma tuzgan mijozlar oldidagi majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarilishini kafolatlaydi.