“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 2019 yilning 31 avgust — 3 sentyabr kunlari mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarga chegirmalar e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan:

  • Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941−1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan — 50%
  • Oliy o‘quv yurtlari talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va litsey talabalari, IIV, MV, DXX, DSQ, DBQ maxsus ta’lim muassasalari talabalari — 15%
  • Oilaviy (ikki yoki undan ortiq kishi — eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo’lgan ona) (nikoh guvohnomasi va qarindoshlikni belgilovchi hujjatlar nusxasi taqdim etilgan holda) — 15%
  • Kollektiv (hamkasablarga) (4 kishidan ortiq — yo‘riqnoma asosida) — 15%
  • Afrosiyob tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga — 10%.