Xorijda ta’lim: Italiyada Veneto granti asosida ta’lim olayotgan Nodir Iskandarov hikoyasi

U Spot’ga nega aynan Italiyani tanlagani, Veneto mintaqaviy grantini qo‘lga kiritish jarayoni hamda talaba sifatida qanday qilib ish topish mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, yangiliklar


Qanday qilib telefon raqamini boshqa odam nomiga onlayn o‘tkazish mumkin? Qo‘llanma

Yagona portal orqali mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn rasmiylashtirish mumkin. Spot bu jarayonni bosqichma-bosqich tushuntiradi.

hafta yakuni, yangiliklar


Toshkentdagi qanday fotostudiyalar bor va ularning narxlari qancha?

Spot bu safar Toshkentdagi fotostudiyalar taqdim etayotgan xizmatlar va ularning narxlari haqida ma’lumotlarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, yangiliklar


“Umrimizning yarmi qarz to‘lash bilan o‘tyapti”: o‘zbekistonliklar eng ko‘p nima uchun kredit olyapti? Video

Spot so‘rovnomasida respondentlar uy-joy xaridi uchun ipoteka kreditlarini ma’qul ko‘rishlarini, biroq biznes boshlash uchun kredit olishga ehtiyotkorona yondashishlarini bildirdi. Ular kredit rasmiylashtirishda foiz stavkasi, penya va to‘lov muddatlarini sinchiklab o‘rganish muhimligini ta’kidladi.

hafta yakuni, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. O‘zbekiston 2040-yilga borib urbanizatsiya darajasini 65% ga yetkazishni rejalashtirmoqda — Mirziyoyev
    Prezident “aqlli” va “xavfsiz” shaharlar alyansini yaratish, shuningdek, kichik shaharlarning mutanosib rivojlanishini ta‘minlashga chaqirdi.
  2. Joriy yilda Toshkentda Volkswagen avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
    Dastlabki bosqichda poytaxtda yirik uzelli yig‘ish ishlari boshlanadi, undan keyin Angren EIZda ishlab chiqarish jarayoni to‘liq siklga o‘tadi.
  3. Toshkent metrosida yo‘lkira tizimi o‘zgaradi, rahbarlikka xorijliklar jalb etiladi.
    2027-yildan yo‘lovchilar bosib o‘tgan masofa yoki bekatlar soniga qarab haq to‘lashi mumkin.
  4. O‘zbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam oladi.
    2026-yil Qurbon hayitining birinchi kuni 27-may — chorshanba kuniga to‘g‘ri keladi.
  5. To‘rt oy ichida O‘zbekistonga 4 mlndan ortiq xorijiy sayyoh keldi.
    Xitoydan sayohatlar soni deyarli 3,5 barobar, Qozog‘istondan esa 1,5 barobardan ko‘proqqa oshdi.
  6. Yangi metro liniyasi Mingo‘rik bekatidan “Ippodrom"gacha 12 km masofaga cho‘ziladi.
    Prezident hukumatga yil oxirigacha metro liniyasini qurish bo‘yicha loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni topshirdi.
  7. Qurbon hayitida Toshkentdan hududlarga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
    25−31-may kunlari Uzbekistan Airways, Silk Avia va Centrum Air Buxoro, Termiz, Urganch, Nukus va ortga 28 ta reysni amalga oshiradi.
  8. OLX UZ onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi.
    Ustun mavqeini suiisteʼmol qilish holatlarini oldini olish maqsadida majburiy tartibda Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.
  9. AQSHda ilk bor to‘liq sun’iy tuxumlardan jo‘ja ochib chiqdi.
    Olimlar oddiy tuxum po‘chog‘i o‘rniga 3D-printerda tayyorlangan plastik karkasga urug‘langan tuxum tarkibini joylashtirib, uni inkubatorga qo‘yishdi.
  10. Qoraqalpog‘iston va Xorazmda xarid cheklari uchun avtomobil o‘ynaladi.
    1-iyuldan ikki hududdagi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarida berilgan cheklarni Soliq ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazgan fuqarolar yutuqli o‘yinlarda ishtirok etadi.