Toshkent-AERO ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksida qiymati 1,3 mlrd so‘mga yaqin zargarlik buyumlari va oltin quymalarni yashirincha olib o‘tish holati aniqlandi. Bu haqda kompleks matbuot xizmati xabar berdi.
Dubay−Toshkent yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga kelgan fuqaroning yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda deklaratsiyada ko‘rsatilmagan, sof og‘irligi 921,37 gramm bo‘lgan 141 dona zargarlik buyumi hamda 3 ta oltin quyma aniqlangan.
Ekspertiza natijalariga ko‘ra, zargarlik buyumlari va oltin quymalarning umumiy qiymati 1 mlrd 293 mln so‘mni tashkil etgan.





Bundan tashqari, fuqaroning yuklari orasidan aksiz markalari bo‘lmagan 120 quti tamaki mahsuloti hamda 90 dona nikotinli snyus aniqlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yanvar oyida zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanmasini kamaytirishga qaratilgan qonun loyihasi maʼqullangandi.
Spot, avvalroq, Toshkentdagi Fonon zargarlik zavodining 100% davlat ulushi auksionga qo‘yilgani haqida yozgandi.




