Factura Studio
Narxi: 350 ming so‘m
Studiyada tasvirga olish guruhining ikki nafargacha a’zosi hisobga olinmaganda, bir vaqtning o‘zida 8 kishigacha bo‘lishi mumkin. Belgilangan limitdan oshgan har bir qo‘shimcha odam uchun soatiga 10 ming so‘m qo‘shimcha to‘lov olinadi.
1 soatlik studiya ijarasiga professional jihozlardan foydalanish ham kiradi. To‘plam tarkibida oktaboks, stripboks, softboks va portret tarelkasi mavjud. Shuningdek, qog‘ozli, matoli va badiiy fonlardan foydalanish imkoniyati ham taqdim etiladi.
Chegirmalar studiya 3 soatdan ortiq muddatga band qilinganda taqdim etiladi.
Aloqa uchun: +998 (97) 726 56 07
Manzil: Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi, 53B-uy.
Family studio photography
Narxi: 700 ming so‘m
Narx ichiga 11 ta tayyor fotozona, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun garderob, geliy sharlar, bayram dekorlari, dekorativ tortlar va turli aksessuarlar kiradi. Studiya hududida cheklovlarsiz suratga olish mumkin. Kirish 4 kishigacha ruxsat etilib, xizmat 1 soat davomida amal qiladi.
Studiya asosan oilaviy fotosessiyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ayniqsa yosh farzandli oilalar uchun qulay sharoit yaratadi. Yorug‘ va shinam interyer hamda turli uslubdagi fotozonalar oilaviy, bolalar va individual fotosessiyalar uchun moslashtirilgan.
Studiya har kuni soat 09:00 dan 19:00 gacha faoliyat yuritadi. Oldindan band qilish uchun Telegram bot, Instagram yoki Facebook’dagi sahifalari orqali murojaat qilish mumkin. Tasdiqlangandan so‘ng esa 24 soat ichida oldindan to‘lov amalga oshirilishi lozim.
Aloqa uchun: +998 (99) 122 11 33
Manzil: Firdavsiy ko‘chasi, 26-uy.
LoftRoom studio
Narxi: 75 ming so‘mdan
Studiya vinetkalar va suratga olish, shuningdek oilaviy lavhalarni muhrlash uchun qulay joy hisoblanadi. Narxlar 1 soat uchun quyidagicha:
- LoftRoom Black — 350 ming so‘m. 7 kishi, fotosuratchi va operator bilan kirish mumkin. Har bir qo‘shimcha kishi — 50 ming so‘m.
- LoftRoom White — 250 ming so‘m. Bunga ham shunday.
- Oq siklorama — 200 ming so‘m. 7 kishi, fotosuratchi va operator bilan kirish mumkin. Qo‘shimcha kishi alohida kelishiladi.
- G‘ishtli devorli siklorama — 200 ming so‘m. 5 kishi va fotosuratchi uchun mo‘ljallangan. Qo‘shimcha kishi alohida kelishiladi.
- Predmetlar xonasi — 150 ming so‘m. 3 kishi, fotosuratchi va operator bilan kirish mumkin.
- Pardoz stoli — 75 ming so‘m. 1 stol atrofida 3 kishigacha.
Qo‘shimcha xizmatlar:
- Professional fotosuratchi — 1,3 mln so‘mdan. Jami 30−50 ta tahrirlangan rasm.
- Shogird fotosuratchi — 800 ming so‘mdan.
- Fotosuratchi yordamchisi — 350 ming so‘mdan.
- Chiroq sxemasini o‘rnatish — 100 ming so‘mdan.
- Studiyada tamaki chekish taqiqlangan, qoidabuzarlik uchun 900 ming so‘mdan jarima qo‘llaniladi.
Ijara vaqti siz kelgan vaqtdan emas, joy band qilingan vaqtdan boshlanadi. Kech qolsangiz vaqt uzaytirib berilmaydi.
Aloqa uchun: +998 (97) 140 22 44
Manzil: Uzumzor ko‘chasi, 4-uy.
2A studio
Narxi: 250 ming so‘mdan
Fotostudiya 2A keng va zamonaviy suratga olish uchun mo‘ljallangan joy. Turli xil fotosessiyalar uchun professional uskunalardan foydalanish mumkin.
Lokatsiyalar fotosessiya, videotasvir va reklama ishlari uchun mos. Grim xonasida obraz tayyorlash va suratga olish jarayoni uchun barcha qulayliklar mavjud.
Narxlar premium zallar uchun (Layt, estet, klassik, loft, xoum, ekspert):
- Kunduzi (
10:00—20:00 ) — 400 ming so‘m. - Tunda (
20:00—10:00 ) — 450 ming so‘m.
Siklorama zali (oq fon):
- Kunduzi — 200 ming so‘m.
- Tunda va dam olish kunlari — 250 ming so‘m.
Professional fotograf xizmati bilan birgalikda narxlar 900 ming so‘mdan 1,6 mln so‘mgacha. Studiyaning bitta filiali mavjud.
Aloqa uchun: +998 (90) 005 26 78
Manzil: Bobur ko‘chasi, 73B-uy, 2-qavat.
Manzil: Muqimiy ko‘chasi, 1A-uy.
Bein studio
Narxi: 400 ming so‘mdan
Studiya Toshkent markazida joylashgan kichik Fransiya parchasi. Bu yerga kirilganda shahar shovqini ortda qolib, o‘rnini sokin, nafis va iliq fransuz kvartirasi atmosferasi egallaydi. Bu joy oilaviy fotosessiyalar uchun ham juda mos.
Narxlar 1 soat uchun quyidagicha:
- Mehmonxona — 450 ming so‘m.
- Suite — 450 ming so‘m;
- Art-beton — 400 ming so‘m.
- Ochiq osmon ostidagi muhit — 550 ming so‘m.
Bir vaqtning o‘zida ikki fotozonani 1 soatga band qilish narxi 650 ming so‘m. Agar esa bitta zona bilan birga tomda ham tanlansa, 1 soatlik umumiy narx 700 ming so‘mni tashkil etadi.
Aloqa telefoni: +998 (93) 379 65 81
Manzil: Kichik Beshog‘och ko‘chasi, 159-uy.
Promzon kino
Narxi: 300 ming so‘mdan
Bu fotostudiya zamonaviy uslubda qurilgan bo‘lib, bugun va ertani bog‘laydigan muhit yaratadi. Kino promzonasidagi zallar esa alohida olamlar kabi tasavvur uyg‘otadi. Ular sukunat va yorug‘likni saqlovchi mustahkam devorlar bilan ajratilgan.
Oq zal 85 kv.m. Bu zal faqat suratga tushayotganlar uchun ajratilib, u yerda begona odamlar bo‘lmaydi. Narxi:
- 1 soati 390 ming so‘m;
- 2 soati 730 ming so‘m;
- 3 soati 1,07 mln so‘m.
Ikkinchi zal “Jannat” deb nomlanadi, maydoni 55 kv.m, muhiti xotirjam. Narxi:
- 1 soati 350 ming so‘m;
- 2 soati 650 ming so‘m;
- 3 soati 950 ming so‘m.
Uchinchi zal esa 35 kv.m bo‘lib, begonalarsiz, kichik va qulay joy. Narxi:
- 1 soati 300 ming so‘m;
- 2 soati 550 ming so‘m;
- 3 soati 800 ming so‘m.
Aloqa uchun: +998 97 775 80 40
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram MFY.
Modern studio
Narxi: 350 ming so‘mdan
Bu studiya shaxsiy fotosessiyalar uchun mos hisoblanadi. 1 soatlik ijara narxiga 2 ta yorug‘lik chirog‘i kiritilgan. Har bir qo‘shimcha yoritish chirog‘i uchun soatiga 100 ming so‘m qo‘shimcha to‘lov olinadi.
Studiya mebellari va dekoratsiyalardan foydalanish bepul.
Suratga olish zalida operatorni hisobga olmaganda 4 kishigacha bo‘lish mumkin. Belgilangan limitdan oshgan har bir shaxs uchun soatiga 50 ming so‘m qo‘shimcha to‘lov undiriladi.
Aloqa uchun: +998 (77) 030 22 00
Manzil: Kichik Beshog‘och ko‘chasi, 104B-uy.
Studio by Oynisa
Narxi: 299 ming so‘mdan
Studiya talabalarning fotosessiyasi uchun ham mos keladi. Ijara narxlari:
- 1 ta lokatsiya (1 soat) — 399 ming so‘m;
- 1 ta lokatsiya (30 daqiqa) — 299 ming so‘m;
- butun studiya ijarasi (8 lokatsiya) — 800 ming so‘m.
Narxlar 5 kishigacha bo‘lgan guruhlar uchun amal qiladi. Texnikalar ijara narxiga kiritilgan bo‘lib, qo‘shimcha texnikalar olinishi uchun alohida haq olinishi mumkin.
Oldindan qilingan to‘lov qaytarilmaydi. Band qilingan vaqtni ko‘chirish faqat belgilangan vaqtdan kamida 2 kun oldin amalga oshirilishi mumkin.
Aloqa uchun: +998 (90) 997 11 88
Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorasuv massivi, 6-kvartal.
Felice
Narxi: 500 ming so‘mdan
Ushbu studiya yosh kelin-kuyovlar fotosessiyasi va bitiruvchilar uchun mos bo‘lib, 1 soatlik ijara narxiga barcha texnika hamda jihozlar kiradi.
Blogerlar yoki oshxona kontenti olmoqchi bo‘lganlar uchun oshxona ham alohida ijaraga beriladi. Uning narxi — 600 ming so‘m.
To‘y marosimlari uchun fotosessiya narxi 1,5 mln so‘m bo‘lib, unga barcha xizmatlar kiritilgan. Bundan tashqari, kelin-kuyovning do‘stlari zerikmasligi uchun alohida kompyuter xonalari ham mavjud.
Shuningdek, studiy quyidagi xizmatlar ham mavjud:
- Samolyot zonasi — kreativ yondashuvni xush ko‘ruvchilar uchun 500 ming so‘m;
- Boshqa barcha fotozonalar — umumiy foydalanish uchun 500 ming so‘m;
- VIP zal — yuqori darajadagi qulaylik va eksklyuzivlikni xohlovchilarga 1 mln so‘m;
- Merry Me — unutilmas lahzalarni muhrlash uchun 1,8 mln so‘m.
Barcha ko‘rsatilgan narxlar studiyaning 1 soatlik ijara vaqti uchun amal qiladi.
Aloqa uchun: +998 (95) 513 00 00
Manzil: Parkent ko‘chasi, 215-uy.
21 vstudio
Narxi: 500 ming so‘mdan
Ushbu studiyada video-kontent, podkastlar va professional fotosessiyalar uchun maxsus jihozlangan zallar mavjud. Ularning narxlari 1 soat uchun quyidagicha:
- CAST zali — 650 ming so‘m;
- CYCLO zali — 500 ming so‘m.
Narxga barcha zarur uskunalar ham kiritilgan. Bundan tashqari, ijodiy jarayonni qulay tashkil etish uchun zalga bir vaqtning o‘zida 5 kishigacha bo‘lgan jamoa kirishiga ruxsat beriladi.
Aloqa uchun: +998 (90) 333 33 66
Manzil: Bahodir ko‘chasi, 2/2-uy.
Amore studio
Narxi: 400 ming so‘m
Studiya shaxsiy fotosessiyalar uchun ham mos keladi. Ijara narxi 1 soat uchun amal qilib, unga garderob, grim xonasi hamda studiyadagi barcha texnik jihozlardan foydalanish kiradi.
Bundan tashqari, syomka uchun kerakli barcha uskunalar ham narx ichiga kiritilgan.
Alohida fotograf xizmatidan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, uning narxi 300 ming so‘mni tashkil etadi.
Aloqa uchun: +998 (99) 122 11 33
Manzil: Qoraqamish 4-ko‘chasi, 5B-uy.
Elarium wedding studio
Narxi: 600 ming so‘m
To‘lov faqat 1 soatlik studiya ijarasi uchun hisoblanadi. Ijara narxiga qo‘shimcha xizmatlar kiritilmagan.
Tasvirlar uchun 24 ta turli xil fotozona mavjud bo‘lib, mijozlar 1 soat davomida o‘zlari xohlagan barcha dekoratsiyalardan cheklanmagan miqdorda foydalanishlari mumkin.
Suratkash xizmati alohida hisoblanib, uning 1 soatlik ish haqi 500 ming so‘mni tashkil etadi.
Aloqa uchun: +998 (99) 865 00 77
Manzil: Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasi, 297-uy, 1-qavat.











