OLX Classifieds kompaniyasi ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida e’tirof etildi, deya xabar berdi Raqobatni qo‘mitasi.

Ushbu kompaniya OLX Uzbekistan (OLX UZ) reklama xizmatini boshqaradi.

Qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga asosan, onlayn reklama (e'lon joylashtirish) xizmatlari bozorida OLX Classifieds ustun mavqega ega deb hisoblanadi.

Shuningdek, Qo‘mita tomonidan ustun mavqega ega raqamli platforma operatori faoliyatida raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi majburiy tartibda joriy etiladi.

Bu ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi hamda faoliyat yuzasidan tegishli tartibda monitoring olib boriladi.

2025-yil avgust oyida TBC Bank Group Prosus guruhidan OLX UZ xizmatining nazorat paketini sotib olganini e’lon qildi. Buning uchun Titan Investments xalqaro investitsiya xoldingi bilan birgalikda korxona tashkil etildi, unda TBC Bank Group 50% + 1 aksiyaga, Titan Investments esa qolgan ulushga egalik qiladi.

Shu bilan birga, TBC Uzbekistan e’lonlar taxtasini o‘z ekotizimiga integratsiya qilish va platformada raqamli bank mahsulotlarini joriy etishni e’lon qildi. Shu bilan birga, OLX o‘z brendi ostida ishlashda davom etadi, deya ta’kidladi neobank.

2025-yil avgustida Raqobat qo‘mitasi Allplay‘ni ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida eʼtirof etgandi.

Yil boshida Payme raqamli platforma operatorining ustun mavqeini tan olingandi. Bunga asos sifatida Payme’ning Raqobat qo‘mitasiga xabarnomasi taqdim etilgan.

Aprel oyida tayyor ovqat va boshqa iste’mol mahsulotlarini buyurtma berish va yetkazib berish agregatori xizmati bozorida Uzum Tezkor ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb e’tirof etildi. Mayda esa Raqobat qo‘mitasi Click’ni ustun mavqega ega deb topgan edi.

2024-yil oktabrida Raqobat qo‘mitasi Yandex Eats va Express24 raqamli platforma operatorlarining ustun (monopol) mavqeini tan olgandi.

Shu bilan birga, dekabr oyida Uzbekistan Airways va Silk Avia ustun mavqega ega deb topilgandi.