2019 yil 1 oktyabrdan o‘zi ishlab chiqargan qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan belgilangan qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilingan edi.

Endilikda Vazirlar Mahkamasining “Donni qayta ishlash korxonalari va qolipli non ishlab chiqaruvchilarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan mahalliy undan qolipli non ishlab chiqaruvchilarga soliq imtiyozi belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 iyulgacha faqat mahalliy dondan ishlab chiqarilgan undan tayyorlangan qolipli non ishlab chiqarish va sotish QQSdan ozod etiladi.

2019 yil 1 oktyabrdan boshlab import qilinganda QQSga tortilgan donni qayta ishlash korxonalari QQS bo‘yicha soliqqa tortiladigan aylanmani Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlaydilar.

Ilgari Spot Zafar Hoshimov soliq islohotidagi o‘zgarishlarning narxlarda qanday aks etishini so‘zlab bergani haqida yozgan edi.