Yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham bank hisobraqamini onlayn tarzda ochish imkoni yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi ma’lumotlarida keltirilgan.

Avval ushbu qulaylik faqatgina yuridik shaxslar uchun mavjud bo‘lgan.

Firma ochgandan so‘ng yoki YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgach, ixtiyoringizga ko‘ra bankni tanlash, so‘ngra 5 daqiqa ichida bank hisobraqamini ochish mumkin.

Buning 2 usuli bor:

  • Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda;
  • elektron tarzda fo.birdarcha.uz sayti orqali.