Tashkent City’ning ilk obyektlari — Kongress xoll va “Hilton” mehmonxonasi qurib bitkazildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lumotlarida keltirilgan.

Kongress xollning umumiy maydoni 43 ming kvadrat metr bo‘lib, birinchi qavat markazida 3,5 ming ishtirokchiga mo‘ljallangan konferensiyalar zali bor. Zaruratga qarab, u ikki yoki to‘rtga bo‘linishi ham mumkin.

Xalqaro sammitlar vaqtida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish uchun xonalar, restoran, kichik konsert zali, dam olish joylari mavjud. Ikkinchi qavatda qo‘shimcha zallar joylashgan.

Hilton mehmonxonasi 21 qavatdan iborat bo’lib, 258 ta nomer mavjud. Shulardan 8 tasi davlat rahbarlari uchun mo‘ljallangan.

Otelda bir nechta restoran, basseyn, sport zal, spa va boshqa salonlar bor.

Mehmonxona maydoni 49 ming kvadrat metrni tashkil etadi.

Ilgari Spot Hilton O’zbekistondagi xodimlarni ishga olishni boshlagani haqida xabar bergan edi.