Innovatsion rivojlanish vazirligi soliq qonunchiligiga soliq krediti amaliyotini joriy etish bo‘yicha bir nechta takliflar chiqardi. Bu haqda vazirlik ma’lumotlarida keltirilgan.

Bu haqda vazirlik vakili Bank-moliya akademiyasida bo‘lib o‘tgan yangi tahrirdagi soliq kodeksi muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda ma’lum qildi.

“Soliqlar bo‘yicha to‘lovlarni keyinchalik bo‘lib-bo‘lib foizi bilan qaytarish orqali kamaytirishni nazarda tutuvchi „investitsiyaviy soliq kreditlari“ institutining joriy etilishi tadbirkorlik subyektlarining ixtiyorida bo‘sh pul mablag‘larining qolishiga va bu mablag‘larning investitsion va innovatsion faoliyatga yo‘naltirilishiga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.

Shu munosabat bilan mazkur takliflar Soliq kodeksining yangi tahririga kiritilishi zarurligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tadbir jarayonida Yangi tahrirdagi soliq kodeksini ishlab chiqish komissiyasi tarkibiga mahalliy olim va professorlarni ham jalb etish to‘g‘risida takliflar berildi.