“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochishni rejalashtirilmoqda. Bu haqda VKning O‘zbekistondagi vakili xabar berdi. Vakansiyada kompaniya O‘zbekiston auditoriyasiga mos kontent yarata oluvchi mutaxassis izlayotganini ta’kidlagan.

VKontakte MDH mamlakatlaridagi sheriklik aloqalarini mustahkamlashda davom etadi va VK kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili uchun vakansiya e’lon qiladi” — deyiladi xabarda.

Xodimga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

VK ijtimoiy tarmog‘i manfaatlarini auditoriyaning turli qatlamlariga yetkaza bilish — biznes vakillari, blogerlar, OAV, IT-jamoalar;

foydalanuvchilari uchun “VKontakte” xizmatlarining faolligini oshirish va loyihalar yaratish;

mashhur mualliflarni platformaga jalb qilish;

marketing jamoasi uchun kreativ g‘oyalarni amalga oshirish.

Shuningdek xodimdan quyidagi mutaxassisliklar talab qilinadi:

  • marketing va PR sohasida kamida 3 yillik ish tajribasi;
  • mamlakat IT — bozorini tahlil qila bilish;
  • media maydonda muzokaralar olib borishni bilish va manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar kesishmasida maxsus loyihalarni yarata olish;
  • o‘zbek tilida to‘g‘ri gapira olish va yozish.