Endilikda Toshkentda Yandex Go (avvalgi Yandex.Taxi) ilovasida yuk mashinasini ham buyurtirish mumkin. Yangi xizmat uydan-uyga ko‘chishda yoki do‘kondan yangi divan, ta’mirlash uchun qurilish mollari, maydonchaga jihozlar yetkazishda juda asqatadi.

Toshkentda “Yuk tashish” tarifi bo‘yicha yo‘l haqi 63 000 so‘mdan boshlanadi. Unga yuk ortish uchun 10 daqiqa va yuk tushirish uchun 10 daqiqa, shuningdek dastlabki 40 daqiqa va 15 kilometr masofa kiradi.

Masalan, bu summaga Samarqand Darvoza SMdan Green City turar joy majmuasigacha kichik kuzovli yuk mashinasida yukni yetkazish mumkin.

O‘rtacha kuzovli mashinada Ecobozor bozoridagi mebel do‘konidan Grand biznes-markazigacha yuk tashish taxminan 90 000 so‘m bo‘ladi. Yo‘l haqi oldindan aniq ko‘rsatiladi — ilovaga yetkazib berish manzili kiritilsa, bas.

Qo‘shimcha vaqt soatbay emas, daqiqalarda o‘lchanadi. Shu sababli foydalanuvchilar yetkazib berish amalda qancha vaqtni olsa, o‘shanchaga to‘laydilar.

Yuk mashinasi bilan birga, yukni tashishga bir yoki ikki nafar yuk tashuvchini ham chaqirish mumkin. Bu opsiya buyurtmaga “Istaklar"dan joy olgan, uning uchun qo‘shimcha to‘lov ko‘zda tutilgan.

Birgina cheklov — bir yuk tashuvchi chaqirilganda, har bir ashyo 20 kg.dan og‘ir bo‘lmasligi kerak, ikki kishi esa 50 kg.gacha bo‘lgan yukni ko‘taradilar. Bunda, foydalanuvchining o‘zi ashyolarini kuzatib bora olishi uchun, salonda doimo yo‘lovchiga joy saqlab qolinadi.

“Yuk tashish” tarifi bo‘yicha buyurtmalarga sig‘imi katta mashinalar keladi. Masalan, “Gazel-3302”, ISUZU, Daewoo Labo, Changan, Lifan LF1022B. Kichik kuzovli mashinalar yuk bo‘lmasining minimal o‘lchami — balandligi 90 sm, eni 100 sm va uzunligi 170 sm.

O‘rtacha kuzovli avtomobillarda — balandligi 150 sm, eni 160 sm va uzunligi 260 sm. Furgonga ashyolar solingan ko‘plab qutilar, o‘rtacha divan, velosiped va oshxona plitasi sig‘ib ketadi.

Joriy yil apreldan boshlab Toshkentdagi Yandex Goda “Yetkazish” xizmati ham ko‘rsatilmoqda, u shahar bo‘ylab kichik ashyolar va hujjatlarni yetkazish uchun mos keladi.

O’zbekistonda Yandex Go bir vaqtda bir necha servislar imkoniyatlarini birlashtiradi: tezkor taksi buyurtmasi, ashyolar yuborish, yuk tashish va jamoat transporti jadvali. Bir ilovada barchasining jamlanganligi foydalanuvchilarga shahar bo‘ylab harakatlanish borasidagi istalgan vazifalarni tezda hal qilish imkonini beradi. Bugungi kunda Yandex Go`dan Toshkent, Namangan, Marg‘ilon va Farg‘onada foydalanish mumkin.