2021-yilning yanvar oyida O’zbekiston banklaridagi avtokredit bo’yicha holat

Ziraat bank, Kapitalbank, Mikrokreditbank, O‘zmilliybank va Turonbank boshqa banklarga qaraganda kam foizli avtokreditlarni taklif qilmoqda.


Buxoroda faoliyati tugatilgan zavod qanday qilib Jinsi klasteri tariqasida “qayta tug‘ildi” va endi o‘z brendini rivojlantirmoqda

2019-yilda Murtazo Rahmatov Buxorodagi sobiq paxta fabrikasi hududida jinsi ishlab chiqarishning to‘liq hajmiga ega korxonani ishga tushirdi. Endi loyiha yiliga 8,2 million dollarlik mahsulot eksport qiladi va o‘z brendini rivojlantirmoqda.


2021-yilning yanvar fevral oyida O’zbekiston banklarida xorijiy valyutadagi daromadli omonat turlari

Spot O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining xorijiy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.


Haftaning eng muhim 10 ta yangiligi:

1.Trackerning yangi turi sotuvga chiqdi: Mashina panorama lyuk, LED chiroqlar va 8 dyumlik sensorli ekranga ega bo’lgan audio tizim bilan jihozlangan.

2.Qozog’iston va O’zbekistonni bog’lovchi yangi temiryo’l quriladi: Loyiha 22 ming yangi ish o’rni yaratishga imkon beradi.

3. Tesla dunyoning eng tez o’sayotgan brendi deya tan olindi: Brand Finance Global 500 tadqiqotlariga ko’ra Teslaning narxi 158% ga ko’tarilib, dunyoda mashina ishlab chiqaruvchi 9-yirik kompaniya hisoblanmoqda.

4.Qaysi tovarlarga aksiz solig’i bekor qilindi va buning narxlarga ta’siri: Oʻzbekiston oʻz majburiyatlarini bajarish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan 73 ta tovar pozitsiyasi, shu jumladan elektr teхnikasi (muzlatgichlar, konditsionerlar, kir yuvish mashinalari), oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolatchilik va boshqa mahsulotlar), gilam mahsulotlari va boshqalar boʻyicha import qilish chogʻida olinadigan aksiz soligʻini bekor qildi.

5. Elektron auksion tarixidagi rekord ko’rsatgich — Toshkent Savdo markazi 242,8 milliard so’mga sotildi: Tender g’olibi yog’och va qurilish materiallarini ulgurji savdosi bilan shug’ullanuvchi Buyuk Eco Savdo jamiyati.

6. Sergeli tumanida ilk oilaviy mehmon uyi faoliyati yo‘lga qo‘yildi: Bu Sergeli tumani, Sadiy ko‘chasi, 5−4 uyda joylashgan “Abbosxonovlar” oilaviy korxonasining mehmonxonasi bo’ldi.

7.Aksiz soliq stavkalarining o’zgarishi sababli neft mahsulotlarining narxlari oshadi: 1-fevraldan benzin narxlari 23 fozigacha oshishi kutilmoqda.

8. Avtoturargohlar mol-mulk solig‘i obyektlari qatoriga kiritildi: Endi jismoniy shaxslar joy uchun kadastr qiymatining 0,23 foizida soliq to’laydilar.

9.Markaziy bank ipoteka kreditlari yuzasidan ma’lumot berdi: Qayta moliyalashtirish stavkasi o’zgarmaganligi bois, ipoteka kreditlarining foizlari ham oshishiga yo’l qo’yilmaydi.

10. Koreyaning Eximbanki sog’liqni saqlash va kimyo texnologiyalari sohalari rivoji uchun 160 mln dollar ajratmoqda: Undan 120 mln dollar ko’p tarmoqli zamonaviy klinika qurilishiga, 40 mln dollari esa kimyo texnologiyalari sohasiga jalb etiladi.