“Texnopark” hududiga yangi logistika markazi quriladi. Bu haqida Texnopark saytida xabar beriladi.

Logistika markazini qurish bo’yicha ko’rsatmalar berish va konsalting xizmatlarini ko’rsatish Turkiyaning “Ekol Logistics” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi. Tomonlar bu borada shartnoma imzolashdi.

Yangi qurilayotgan markaz 150 ta yangi ish o’rnini tashkil etadi va 70 minggacha bo’lgan saqlash o’rniga ega.

“Ekol Logistics” — 1990- yilda Ahmet Musul tomonidan asos solinganlogistika kompaniyasi hisoblanadi. Uning nafaqat Turkiyada yetakchi balki Yevropaning TOP-10 markazlari qatoriga kiradi.