O’zbekiston hukumati epidemiologik vaziyatning barqarorlashishini hisobga olgan holda, mart-aprel oylarida Rossiya bilan muntazam parvozlarni tiklashni taklif qildi. Bu haqida Интерфакс xabar beradi.

Transport vaziri o’rinbosari Jasurbek Choriyev bu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

“Biz hozirda Rossiya tomondan javob xabarini kutmoqdamiz. O’ylaymanki, mart-aprel oylarida ijobiy natija bo’ladi”, — deydi Choriyev “O'zbekiston Respublikasi Transport diplomatiyasi: mintaqaviy hamkorlikning xalqaro-huquqiy asoslari” doirasidagi davra suhbatida.

Transport vazirligi vakili ta’kidlashicha, O’zbekistondagi COVID-19 bilan bog’liq epidemiologik vaziyat haqidagi barcha ma’lumotlar Rossiya Federatsiyasining koronavirusga qarshi kurash bo’yicha maxsus komissiyasiga yuborilgan.

“Hozirda O’zbekiston muntazam parvozlarni tiklash uchun koronavirus tarqalishiga qarshi Rossiya komissiyasi tomonidan belgilangan barcha mezonlarga javob beradi”, — dedi Choriyev.

COVID-19 tarqalishi xavfi tufayli O’zbekiston 2020-yil 16 martdan boshlab boshqa mamlakatlar bilan yo’lovchi tashish aloqalarini to’xtatgan edi.

Avvalroq Spot, Germaniya va Hindistonga muntazam aviaqatnovlar yo’lga qo’yilganligi haqida yozgan edi.