Dasturchi sifatida daromad topish uchun foydali saytlar ro’yxati

Onlayn kurslar, raqamli mahsulotlar sotish va blog yuritish orqali daromad beruvchi saytlar haqida.


Tekstilchilar ikkita lagerga bo’lingan — Shohruh Qayumov, Uzbtextile

Uzbtextile.com, Fratelli Casa va Promowear kabi loyihalar hamkor asoschisi Shohruh Qayumov tekstil sohasidagi kamchiliklar va muammolar yuzasidan o’z fikrini bildirdi.


Oltin quymalar bo’yicha to’liq ma’lumot: narxlar, qayerda sotib olish mumkin va qanday saqlash kerak

O’zbekistonda investitsiya va tejashning yangi vositasi paydo bo’ldi — oltin quymalar. Ular vazni 5, 10, 20 va 50 gramm bo’lib, sof 999,9 oltindan tayyorlangan.

Haftaning eng muhim 10 ta yangiligi:

  1. O’zbekiston kimga qancha qarz: Umumiy hisobda O’zbekistonning xalqaro moliya tashkilotlaridan $21 mlrd qarzi mavjud.
  2. Chet elga chiqishda taqiqlarni aniqlovchi Telegram bot ishga tushdi: Bot Migratsiya agentligi va Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
  3. Alkogolli mahsulotlar narxi oshiriladi: O’zgarishlar chakana va ulgurji narxlarni tartibga soladi. Pivo esa ro’yxatda yo’q.
  4. O’tgan davr uchun hisobvaraq-fakturani shakllantirish mumkin — DSQ: 1-apreldan boshlab o‘tgan davrlar uchun EHFlarni rasmiylashtirish bo‘yicha barcha cheklovlar bekor qilinadi.
  5. Prezident elektrotexnika sanoatini rivojlantirish bo’yicha qaror imzoladi: Unga ko’ra sohada 136 ta loyiha amalga oshiriladi.
  6. “Obnal” firmalar qayerdan keldi va ular bilan nima bo’ladi: QQSni ro’yxatdan o’tkazish tizimini tartibga solish muammolarning faqat bir qismini hal qiladi.
  7. Uzbekistan Airways mahalliy qatnovlar sonini oshirdi: 28-martdan boshlab Samarqanddan Farg’ona, Urganch va Namanganga har kunlik reyslar tashkil etiladi.
  8. Toshkentda “TUMO” kreativ texnologiyalar markazi ochiladi: Markazda yoshlar grafik dizayn, 3D modellashtirish, dasturlash, robot texnikalari, veb-dasturlash, kino ishlab chiqarish singari 14 ta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitiladi.
  9. O’zbekistonda 876 turdagi mahsulotlar importi taqiqlandi: Taqiqlangan mahsulotlar ro’yxati control.standart.uz elektron portalida berilgan.
  10. “UzAuto Motors” barcha avtomobillari narxi pasayishi haqida xabar berdi: Bu haqda “UzAuto Motors” kompaniyasi bosh direktori vazifasini bajaruvchi Rustam Rajabov ma’lum qildi.