Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi chet elga chiqishga “taqiq” borligini tekshirish imkonini beruvchi telegram botni ishga tushirdi. Bu haqda agentlik rasmiy kanalida xabar beradi.

Qarzdorlikni yoki taqiqni aniqlash maqsadida ishlab chiqilgan @mibuzbot telegram bot orqali bir zumda o‘zingizga nisbatan taqiq bor yoki yo‘qligini bilib olishingiz mumkin.

Mazkur telegram botda respublika hududidan chetga chiqish huquqi cheklangan yoki cheklanmaganligi haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish, qarzdorlik aniqlangan taqdirda, uni shu zahoti ushbu saytda elektron tarzda to‘lash imkoniyati yaratilgan.