Uzbtextile.com, Fratelli Casa va Promowear kabi loyihalar hamkor asoschisi Shohruh Qayumov tekstil sohasidagi kamchiliklar va muammolar yuzasidan o’zining Facebookdagi sahifasida fikr bildirib o’tdi.

Uning fikricha, tekstilchilar ikkita lagerga bo’lingan: to’quvchilar va boshqalar. To’quvchilik mahsulotlarining narxi Xitoyning bu sohadagi o’zbek bozorining katta qismini sotib olganligi hisoblanadi. Bu esa o’z navbatida eksportdagi mijozlarning kamayishiga olib kelmoqda.

“Tikuvchilar kerakli hajmdagi to’qish mahsulotlarini istalgan vaqtda sotib olish uchun davlatdan yordam so’rashmoqda. Narxlar nazoratga olinishini xohlashadi. Ular esa o’sib bormoqda”, deydi Shohruh Qayumov.

Shuningdek, davlat to’quvchilik mahsulotalari eksportini ma’lum muddatga cheklamoqchi yoki to’quvchilar uchun soliq stavlarini qo’llamoqchi deya ta’kidlanadi.

“Davlat qiyin vaziyat oldida turibdi: tikuvchilarda ish o’rni ko’p, to’quvchilarda esa qarz miqdori. Ikkala tomon uchun ham foydali chora ko’rish lozim. Balki birining zarari evaziga boshqasi rivojlanib ketar”, — deya izoh qoldirdi u.

Shu bilan birga, “Laissez-faire” yoki davlatning iqtisodiyotda kam aralashuvi prinsipi haqida unutmaslik kerak deydi. Sohadagi muammolar sababini sanab o’tdi.

“Menimcha, kreditlarning qimmatligi va moliyaviy vositalarning yetishmasligi — mana eng asosiy sabab. Tikuvchilikda ishchilarida katta miqdordagi xom ashyo sotib olish uchun yetarli mablag' yo’q. To’quvchilarga esa hozirda pul juda zarur”, deya qo’shimcha qiladi.

Uningcha, mahalliy xom ashyoga ishonib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish doim ham to’g’ri emas deya xulosa qiladi.